3.2. Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash va mahalliy salohiyatini
oshirishda soliq siyosatiga ta’sir etuvchi omillar
Respublikamiz xo’jalik yuritish va ijtimoiy munosabatlarning yangi
shakllariga o’tish bilan soliqqa tortishning me’yoriy-huquqiy bazasi muntazam
ravishda takomillashib bordi. Rivojlanish va oyoqqa turishning murakkab yo’lini
70
bosib o’tib, anchagina barqaror va yaqqol bo’lgan soliq tizimi shakillandi, u
so’nggi yillarda davlat byudjeti daromadlari va harajatlarining muvozanatlashuviga
erishish imkonini berdi. Respublika xukumati tomonidan iqtisodiyotga tushadigan
soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish izchil siyosatining o’tkazilishiga
jamg’armalarni va iqtisodiyotning moddiy (xususiy) sektorining iste’molini
oshirish zaruriyati sababchi bo’ldi, soliqlar va yig’imlarni birxillashtirish esa milliy
soliq tizimini xalqaro me’yor va standartlarga muvofiqlashtirish imkonini beradi.
Natijada davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliq tushumlarining YaIMdagi
ulushi bir muncha o’zgardi.
Respublika xukumati tomonidan soliq siyosatini yanada takomillashtirish,
fiskal funktsiyalarni kamaytirish hamda soliqlarning rag’batlantiruvchi ahamiyatini
kuchaytirishga doir asosiy omillar sifatida quydagilarni belgilab olindi:
soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga o’tkazish, to’g’ridan-
to’g’ri soliqlar salmog’ini qisqartirish hisobiga bilvosita soliqlar ulushini
ko’paytirish;
soliqqa tortishning o’xshash bazasiga ega bo’lgan soliqlarni birxillashtirish,
soliq mexanizmini soddalashtirish;
resurslarni tejovchi ishlab chiqarishlarni rag’batlantirishni ta’minlovchi resurs
soliqlari stavkalarini maqbullashtirish;
yig’iluvchanlik darajasini oshirish va boshqa zaxiralar hisobiga soliq solish
bazasini kengaytirish.
Soliq yukini ishlab chiqaruvchilar zimmasidan iste’molchilar zimmasiga
o’tkazish, bilvosita soliqlar ulushini oshirish. Bevosita soliqlar salmog’ini
kamaytirish hisobiga bilvosita soliqlar ulushini oshirish, soliq yukini ishlab
chiqaruvchilar zimmasidan iste’molchilar zimmasiga o’tkazish bevosita soliqlar
korxonalar hamda fuqarolarning moliya-xo’jalik faoliyatiga, ya’ni ularning
daromadlari xajmiga bevosita ta’sir ko’rsatishi bilan bog’liq. Bevosita soliqlarning
kamayishi bilan ishlab chiqarishning rivojlanishi rag’batlantiriladi, tegishlicha
soliqqa tortish bazasi kengayib, byudjetga tushumlar ortadi. Bevosita soliqlar
stavkalarini kamaytirish va bilvosita soliqlarga tortish bazasini kengaytirish orqali
71
bunga erishish mumkin. Bundan tashqari, soliq stavkalarini yanada ko’proq
pasaytirish yo’li bilan ayrim yo’nalishilar eksport, xorijiy investitsiyalar va
boshqalar rag’batlantiriladi.
So’ngi yillardagi soliq siyosatining tahlili davlat byudjetining daromadlari
tarkibida bilvosita soliqlar ulushining ancha o’sayotganini hamda bevosita soliqlar
salmog’ini kamayayotganini ko’rsatmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joyizki, soliq kodeksi joriy etilgan va undan
keyingi yillarga bir nazar tashlaydigan bulsak. Soliqlar davlat byudjetining
har yili 90 va undan ortiq foiz daromadlarini shakllantirayotganligiga
amin bulamiz. Keltirgan ma’lumotlarni real raqamlarda ko’rish uchun
quyidagi diagrammaga e’tiborimizni qaratamiz.
Yuqoridagi ma’lumotlaridan shu narsa ma’lum bulyaptiki, Davlat
byudjeti daromadlari tarkibida bevosita, bilvosita va resurs va mol-mulk
soliqlarining salmog’i aloxida ahamiyat kasb etayotganligining guvohi
bo’lmoqdamiz.
Agar daromad manbalari ya’ni soliqlarni guruxlash buyicha salmog’iga
nazar tashlaydigan bulsak byudjet daromadini shakllantirishda bilvosita
soliqlarning salmogi 50 foizni tashkil etmokda. Bizning fikrimizcha, bu
tabiiy hol. Chunki, jahon iqtisodiy tajribasidan ma’lumki, har qanday
rivojlanayotgan mamlakatda bilvosita soliqlarning salmog’i yuqori bo’ladi.
Ishlab chiqarish sektori zimmasidagi soliq yukini kamaytirish asosan
korxonalar daromadlarini soliqqa tortish darajasini pasaytirish vositasida amalga
oshirilmoqda. Iqtisodiy isloxatlarining birinchi bosqichida korxonalar uchun
belgilangan soliqlarning yuqori stavkalari ijobiy natijalar bermadi. Ishlab
chiqarishni rivojlantirish va uni texnik jihatdan qayta qurollantirish uchun etarli
mablag’larni yo’naltirish imkonini bermadi.
72
5- diagramma
Dostları ilə paylaş: |