6
hisobga olgan holda uni takomillashtirish bo’yicha aniq taklif va mulohazalar
berishdan iboratdir.
Yuqoridagi maqsadlarga asoslangan holda bitiruv malakaviy ish oldiga quyidagi
vazifalar qo’yildi.
davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda
soliqlarning iqtisodiy
mohiyati, mazmuni va ob’ektiv zarurligini asosli ravishda o’rganish;
davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosatining roli va
ahamiyatini yoritish;
byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda
mahalliy soliq salohiyatini
baholash mexanizmi va undagi muammolarni aniqlash;
soliq siyosatini tashkil qilishning xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rganish;
byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini
baholash mexanizmining samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar berish.
Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti sifatida O’zbekiston Respublikasining
soliq tizimida olib borilayotgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasi, shuningdek
unga ta’sir etuvchi omillar.
Bitiruv malakaviy ishning nazariy va uslubiy asoslari sifatida klassik
iqtisodchi olimlarning soliq nazariyalari bo’yicha ilmiy asarlari, o’zbek va xorijiy
iqtisodchi olimlarning mazkur muammolari bo’yicha
ilmiy izlanishlari hamda
bozor munosabatlari va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq siyosati
borasidagi ilg’or
tajribalari, shuningdek, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov asarlari, Oliy Majlis va Vazirlar
Mahkamasining ushbu sohaga
taalluqli bo’lgan farmonlari,
qonunlari, qarorlari hamda me’yoriy hujjatlari
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: