Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/155
tarix26.11.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#134977
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

14.3 Bank faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari 
Milliy iqtisodiyotning yanada rivojlanishi banklarning va bank tizimining 
rolini kuchaytirishni taqazo etmoqda. Bank - bu mamlakatdagi pul mablag’larini 
boshqarish uchun yaratilgan moliya institutidir [14,18]. 
O’zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi
jahon talabiga mos 
keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo’lish, xo’jaliklar va aholining bo’sh 
turgan mablag’larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini 
qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. 
Bu maqsadga erishishni ta’minlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank 
sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaruriy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda 
bank tizimi barqarorligini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar 
faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit va 
investitsiya faoliyatining yanada rivojlantirishga erishish va banklar o’rtasida raqobat 
bo’lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, 
moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik 
jihatdan samarali ta’minlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko’zda 
tutadi. 
Mujassamlashgan bank avtomalashtirilgan axborot tizimlari (BAAT) mablag’ 
kiritish va kredit berishning berilgan shartlari bo’yicha nazorat qilinadigan 
mablag’larni o’zlashtirish, qaytarilishi va muvafiqlashtirilishini jadallashtirish 
vositasi bo’lgan yagona dasturiy texnologik majmuadan iborat bo’ladi. 


190 
Mujassamlashgan BAAT bank vazifalari aloqalarining butun murakkabligini o’zida 
aks ettirilgan holda majmuaviy qamrab oladi. Bu mukammal avtomatlashtirilgan 
vazifalar majmuasi emas, balki murakkab tizimning xususiyalari: ierarxik 
tuzilishining murakkabligi, emerjmentlik, vazifaviy maqsadlarning ko’pligi; stoxastik 
(ehtimollik) harakteriga ega jarayonlarni boshqarishni ta’minlashda ishning 
o’zgaruvchanligi va ko’p vazifalikka xos bo’lgan dasturlar majmuasidir. SHuning 
uchun ham mujassamlashgan BAAT ni ishlab chiqishda uning tarkibiy tuzilishi va 
mazmuniga ta’sir qiluvchi ko’p sonli omillar:
- bankning umumiy ta’riflari, hozirgi va kelgusidagi maqsadlari va uni 
rivojlanishining strategik yo’nalishlarini, boshqaruvning vujudga kelgan tuzilishining 
xususiyatlari;
- tizimning arxitekturasi va avtomatlashtirish kerak bo’lgan vazifalarining 
tarkibi;
- kiruvchi va chiquvchi hujjatlarning miqdori;
- axborot xavfsizligiga talablarni tahlil qilish talab qilinadi. 
Bunday tahlil asosida bo’lg’usi tizimning asosiy tamoyillari ishlab chiqiladi.

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin