196
«Mijoz-bank» dasturiy-texnologik majmuasi «bank» va «mijoz» modullaridan
tashkil topgan, ular bankdagi va mijozning iqtisodiy ob’ektlaridagi kommunikatsion
SHKga o’rnatiladilar. Mijozga idoradan chiqmasdan
turib andozaviy bank
operatsiyalarini o’tkazish imkoniyatlari beriladi. Majmua odatda to’lov hujjatlarini
jo’natish va olish, schyotlar, buyurtmalar qimmatbaho qog’ozlar
bilan operatsiyalar
bo’yicha ko’chirmalarni olish bo’yicha va ma’lumotnomaviy materialni olish uchun
o’zaro hamkorlik vazifasini bajaradi. Buni quydagi misol orqali ko’rishimiz mumkin.
Bank misolida O’zR TIF Milliy Bankini, mijoz sifatida «Kvant» firmasini olamiz.
«Kvant» firmasi Milliy Bankda o’z hisob raqamiga ega bo’lib, bu hisob raqamidan
turli harajatlarga to’lov to’lashi mumkin. Naqd pulsiz yo’l bilan to’lov to’layotganda
«Kvant» firmasi xodimi to’lov hujjatini bankka olib keladi va shu asosda bank uning
hisob raqamidan ma’lum summani tovar etkazib
beruvchining bankdagi hisob
raqamiga o’tkazadi. Bu jarayonning axborot texnologiyasi 14.3-rasmda berilgan.
Oddiy xizmat ko’rsatishning axborot texnologiyasi quyidagi jarayonlarni o’z
ichiga oladi:
1. «Kvant» firmasi buxgalteri to’lov hujjatini tayyorlaydi. Unda firmaning o’z
muhri va firma rahbarining imzosi qo’yiladi.
2. Bu to’lov hujjatini firmadan vakil bankka olib kelib beradi. To’lov hujjati 4
nusxada olib kelinishi shart.
3. Bank mas’ul xodimi «Kvant» firmasining buxgalterini qabul qilib,
hujjatlarini ko’zdan kechiradi. To’lov hujjatida muhr va imzolar tekshiriladi.
4. Bank mas’ul xodimi hujjatda xatolar yo’qligiga amin bo’lsa, uning hisob
raqamidagi mablag’i to’lovni amalga oshirishga etarli, qarzlari yo’q bo’lsa, to’lov
hujjatlarining bir nusxasiga bank shtampi va imzosini qo’yib, «Kvant»
firmasi
buxgalteriga beradi.
5. Qolgan to’lov hujjatlari bankning bosh buxgalteri tomonidan tekshirilib,
imzolanadi. Hujjat qabul qilinadi.
6. Qabul qilingan hujjatlar bankning Back-office ga beriladi. U erda hujjatlar
avtomatlashtirilgan bank tizimiga kiritiladi.
7. Pullar o’tkazilganidan so’ng, o’tgan operatsiyalar haqida
«Kvant» firmasining xodimi tiket yoki «Hisob varag’idan ko’chirma»ning bir
nusxasini olishi mumkin. Ikkinchi nusxasi bankda qoladi.
8. Operatsiyalar o’tqazilgandan so’ng bankdagi hujjatlar bank arxiviga
topshiriladi.
Bank tizimida mijozlarga oddiy xizmat ko’rsatish jarayonini ko’rib chikdik.
Endi «Bank-Mijoz» (R-Bank) tizimida mijozlarga
masofali elektron xizmat
ko’rsatish jarayonini (14.4-rasm) ko’rib chiqamiz.
«Kvant» firmasi R-Bank tizimida, On-Line rejimida («on-line» ingliz tilidan
«hozir tizimda» degani) o’z schyotlarining o’zi boshqarishi, turli xildagi to’lov
hujjatlarini tayyorlashi , Milliy Bankdan o’z hisob
raqamini qoldiqlar va pul
aylanishlari to’g’risida axborot olishi , xoxlagan davrga o’z hisob raqamidan
ko’chirmalarni chop etib olishi, hamda boshqa moliyaviy hisobotlarni olishi mumkin
bo’ladi. Bu esa mijoz va bank uchun bir qancha afzalliklar keltiradi. Buni 14.1-
jadvaldagi solishtirma tahlil orqali ham ko’rishimiz mumkin.