Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/155
tarix26.11.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#134977
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

 
 


52 
3.4 Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining turkumlanishi 
Avtomatlashtirish - 
bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan 
almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xatti-harakatlar 
hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo’lib, ishlab chiqarish jarayoni, boshqaruv 
jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki 
butunlay cheklash imkonini beradi.
Avtomatlashtirish qachon zarur bo’ladi?
Quyidagi hollarda boshqaruvni 
avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani avtomatlashtirish zarur 
bo’ladi:

insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish 
uchun etarli bo’lmasa; 

boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo’lsa; 

boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan o’ta yuqori malakani talab 
etsa; 

boshqarish kerak bo’lgan jarayon o’ta tang yoki avariya holatida bo’lsa. 
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi (AAT)
– boshqaruv vazifalarini 
hal etish uchun tizimli tashkil etilgan axborot jarayonlarini amalga oshirish usul va 
vositalari majmuidir. U hisoblash texnikasi va aloqa vositalaridan foydalanish asosida 
rivojlangan dasturiy ta’minotni qo’llash bazasida bajariladi.
SHunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik vositalardan
ko’proq kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari, tashkiliy texnika vositalari
dasturiy ta’minot, tashkiliy – uslubiy materiallar va texnologik zanjirga birlashgan 
personaldan iborat bo’ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotni yig’ish, uzatish, to’plash, 
saqlash, qayta ishlash, foydalanish va tarqatishni ta’minlaydi. 
Demak, har qanday axborot texnologiyasining maqsadi - belgilangan tashuvchi 
vositada talab qilingan sifat darajasida kerakli axborotni olishdir.
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasini bir qator belgilarga, xususan, 
axborot tizimini avtomatlashtirishni amalga oshirish imkoniyati, avtomatlashtirilgan
axborot texnologiyasining boshqaruv vazifalarini qamrash darajasi, texnologik 
operatsiyalar sinfi, foydalanuvchining interfeys turi, EHM tarmog’idan foydalanish 
variantlari va xokazo xususiyatlariga ko’ra tasniflash mumkin (3.3-rasm). 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin