Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 Iqtisodiy obьektni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/155
tarix26.11.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#134977
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

 
4.2. Iqtisodiy obьektni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi 
Tashkiliy tizim
– boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, 
boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag’batlantirish qoidalari mezonlari uchun 
foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning ishlatilish 
tartibini belgilovchi qoidalar yig’indisidir. 
Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar 
jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo’ljallangan. Oxirgisi 
ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar texnik vositalarning o’ziga 
xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim.
Tizimda boshqaruv ob’ekti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq 
mahsulotni olishga yo’naltirilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchi vazirlik, 
idora, korxona, tsex, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim 
shaxslardir. Boshqaruv ob’ektining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog’idagi turli 
holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo’ysindirilgan.
Boshqaruv organi ob’ektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi 
shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi. 
Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo 
bo’lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida 
boshqaruvga ehtiyoj bo’ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan 
tayyorlangan axborot talab qilinadi.
Axborot tizimi
tegishli iqtisodiy ob’ektlar (ob’ektlar)da faoliyat ko’rsatuvchi 
va turlicha tuziluvchi axborotlar majmui uning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi
– barcha resurslarni samarali 
boshqarish uchun iqtisodiy ob’ektlarga kerakli bo’lgan axborotlarni ishlab chiqish, 
iqtisodiy ob’ektni boshqarish
uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan 
iborat. 


59 
Boshqaruv tizimini ko’rib chiqish davomida 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin