Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/155
tarix26.11.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#134977
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

4 -bob bo’yicha xulosalar 
Tizim
- bu o’zaro bog’liq va yagona maqsadga erishish uchun ma’lum qoida 
asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan elementlar to’plamidir. Bu elementlar 
to’plami oddiy elementlar yig’indisidangina iborat bo’lmay, har bir element ham o’z 
navbatida tizim bo’lishi mumkin. 
Tizimning xususiyatlari quyidagilar sanaladi: elementlar murakkabligi
maqsadga qaratilganligi, turli-tumanligi hamda ular tabiati, tarkiblashganligi, 
bo’linishligidir.
Tashkiliy tizim
boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, 
boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag’batlantirish qoidalari mezonlari uchun 
foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning ishlatilish 
tartibini belgilovchi qoidalar yig’indisidir. 
Boshqar Boshqarish aniq bir iqtisodiy ob’ektlarning o’ziga xosligi va 
boshqarish maqsadlariga bog’liq holda ularni barqarorlashtirish, sifat belgilarini 
saqlash, 
muhit 
bilan 
iqtisodiy 
muvozanatni 
ushlash, 
iqtisodiy 
ob’ektni 
takomillashtirishni va u yoki bu foydali samaraga erishishni ta’minlashga imkon 
beradi.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish 
tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatuvchi 
boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi.
SHunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai-nazaridan axborot jarayonini 
ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha axborotni 
qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta’sir ko’rinishida 
boshqaruv ob’ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin