Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/155
tarix26.11.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#134977
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

8.2 Servis dasturiy ta’minot 
SHaxsiy kompyuterda ishlash jarayonida foydalanuvchi faqat amaliy 
dasturlarni boshqarishni bilishi etarli emas. Kompyuterda ishlash jarayonida 
foydalanuvchidan axborotni tashqi ta’sirlardan saqlash, mavjud disklardan samarali 
foydalanish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni cheklash, magnit disk defektlarini 
sozlash, dasturiy viruslar bilan kurashish va boshqa amallarni bajara olishi talab 
etiladi. SHu sababli ham quyida ko’pchilik hollarda dastur-utilitalar deb nomlanuvchi 
servis dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchi dasturlar, ularning afzalligi va ulardan 
foydalanish haqida bayon etishni lozim topdik. 
Servis dasturiy ta’minot 
- foydalanuvchiga EHM bilan ishlashda qo’shimcha 
xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy 
mahsulotlar to’plamidan iboratdir. 
Funktsional imkoniyatlariga ko’ra servis dasturiy vositalarini quyidagilarga 
ajratish mumkin: 

foydalanuvchi interfeysining foydalanish imkoniyatlarini kengaytiruvchi 
dasturlar; 

ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan himoya qiluvchi dasturlar; 

ma’lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar (arxivlash dasturlari); 

disk va tezkor xotira qurilmasi o’rtasida ma’lumot almashinuvini 
tezlashtiruvchi dasturlar; 


120 

disklar ishini nazorat, tahlil qiluvchi va ularga xizmat ko’rsatuchi (disklarni 
formatlovchi, disklarni bo’laklarga ajratuvchi, mavjud defektlarni sozlovchi 
va h.k.). 
Tashkil etish va amalga oshirish usuliga ko’ra servis vositalar qobiqli, utilitalar 
va mustaqil dastur shaklida taqdim etilishi mumkin. 
Qobiq dasturlar - biror bir dastur va foydalanuvchi o’rtasidagi qatlam yoki 
boshqa dastur ustida ustqurma bo’lgan dastur. Qobiq dasturlar foydalanuvchiga sifat 
jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. Amaliyotda quyidagi operatsion tizim 
qobiqlari keng tarqalgan: Norton Commander (NC) - Symantec firmasi mahsuloti va 
uning «klonlari» Volkov Commander (VC), Dos Navigator (DN), Far (File and 
archive manager). Bulardan tashqari grafik interfeysli operatsion tizim qobiqlari 
mavjud: Windows 3.x. 
Utilitalar - foydalanuvchiga disklar va faylli tizimlar bo’yicha qo’shimcha 
xizmat ko’rsatuvchi dasturlar. Utilitalar ko’pincha quyidagi vazifalarni bajaradi: 

disklarga xizmat ko’rsatish; 

fayl va kataloglarga xizmat ko’rsatish; 

kompyuter zaxiralari to’g’risida axborot taqdim etish; 

kompyuterlarni viruslardan ximoya qilish. 
Xozirgi vaqtda eng keng tarqalgan utilitalar: 

Norton Utilities - Symantec firmasi mahsuloti; 

Checkit PRO Deluxe 2.0 - Touch Stone firmasi ishlab chiqqan; 

PC Tools for Windows 2.0; 

Norton Backup, Fast Back Plus - disklarda axborotlarni rezerv 
nushalarini tayyorlovchi dasturlar; 

virusga qarshi (antivirus) dasturlari - Norton Antivirus for Win95 – 
EHM dagi axborotni viruslardan (axborot mikroblari) zararlanishiga 
qarshi 
va 
zararlanish 
oqibatlarini 
tugatishga 
mo’ljallangan 
(Kasperskiyning Antiviral Toolkit pro (AVP)); 

kommunikatsion (ulovchi) utilitalar - EHM o’rtasidagi axborot 
ayirboshlashni tashkil etish uchun mo’ljallangan; 

kompyuterni tashxis (diagnostika) qiluvchi dasturlar - o’z nomidan 
ko’rinib turganidek, bu utilitalar EHM ning hamma qurilmalarining 
normal ish faoliyatlarini nazorat qilish, xotira miqdori, uning 
ishlatilish, disklarning turlari kabi ishlarni tekshirishni amalga 
oshiradi. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin