125
hisobini yuritish va ularga amortizatsiya hisoblash imkonini beradi. Bir oy davomida
hisoblangan amortizatsiyalar summalarini bir necha schyotlar yoki tahliliy hisob
ob’ektlari o’rtasida taqsimlash mumkin. “AV inventarizatsiyasi” hujjati asosida esa
“Inventarizatsiya ro’yxati” va “AV inventarizatsiyasi natijalarining solishtirma
qaydnomasi” hisobotlari shakllanadi. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish,
asosiy vositalarni tugatish aktlari va boshqalarning shakllanishi imkoniyati mavjud.
TMZ hisobi. Savdo. “TMZ hisobi” bo’limi materiallar hisobini moddiy
javobgar shaxslar bo’yicha va saqlanish joylari bo’yicha yuritish, zaruriy barcha
birlamchi hujjatlarni (kirim orderlari, yukxatlar, hisobdan chiqarish aktlari, material
hisobotlar va inventarizatsiya aktlari) shakllantirish imkoniyatini beradi. SHuningdek,
materiallarni hisobdan chiqarishning ikki usuli - FIFO va AVECO ham ko’zda
tutilgan.
“Savdo” bo’limidan foydalanish ulgurji va chakana savdo hisobini
avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Ushbu modul yordamida omborlar va
do’konlarda tovarlarning
mavjudligini hisobga olish, mijozlar va ta’minotchilar
bazasini yuritish, tovarlar kirimi va chiqimini rasmiylashtirish, zarur barcha birlamchi
hujjatlarni (yukxatlar, schyot-fakturalar, tovar hisobotlari, inventarizatsiya aktlari va
boshqalar) shakllantirish, kontragentlar bilan o’zaro hisob-kitoblar holatini kuzatib
borish mumkin.
Ishlab chiqarish. “Ishlab chiqarish” bo’limi korxonaning moddiy resurslari
hisobini va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hujjatli rasmiylashtirishni
avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Bo’lim moddiy resurslar bilan bog’liq
tayyor
mahsulotlarning kelib tushishi, hisobdan chiqarilishi va tannarxini hisoblashni,
xaridorlarga berish va boshqa shu kabi operatsiyalarni avtomatlashtirish imkonini
beradi.
Xizmatlar ko’rsatish. “Xizmatlar ko’rsatish” bo’limi xizmat ko’rsatish
shartnomalari hisobini yuritish va ular asosida bajarilgan ishlar aktlarini avtomatik
shakllantirish, shuningdek, chet korxonalar xizmatlari hisobini yuritish imkonini
beradi.
Ish haqini hisoblash. “Ish haqini hisoblash” bo’limi mehnatga haq to’lash
bo’yicha ishchilar bilan hisob-kitoblar hisobini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Daromad solig’i setkalarini avtomatik shakllantirish, qo’shimcha to’lov va
chegirmalar ma’lumotnomalarini yuritish, ish haqi, shuningdek, mehnatga haq to’lash
fondidan soliqlar va ajratmalarni (daromad, pensiya, korxonalardan YAIT, JBPT,
kasaba uyushmalari badallari) avtomatik hisoblash ko’zda tutilgan.
Tashkilotda
foydalaniladigan hisoblashning har xil turlarini kiritish imkoniyati mavjud.
SHuningdek, ushbu bo’limda xodimlarning plastik kartochkalariga pul o’tkazish ham
ko’zda tutilgan. Bo’lim 10 dan ortiq hisobotlarni (hisob-kitob varag’i, hisob-to’lov
qaydnomasi, xodimlarning daromadlari haqidagi ma’lumotlar va boshqalar) o’z
ichiga olgan bo’lib, ularni ko’rib chiqish va qog’ozga chiqarish mumkin.
Reglament. Bo’lim oyning yakunlovchi operatsiyalari – valyutalarni qayta
baholash, moliyaviy natijalarni aniqlash, soliqlar hisob-kitobi, kurslar va summalar
farqlari hisob-kitobi va boshqalarni yuritish imkoniyatini beradi.
Standart hisobotlar. Ushbu bo’limda tahliliy xarakterdagi barcha standart
hisobotlar (schyotlar qoldiqlari, oborotlari bo’yicha va ajratmalar bo’yicha alohida-
126
alohida) amalga oshirilgan. Hisobotlarni sozlashning juda ko’p
variantlari amalga
oshirilgan.
SHuningdek, dasturda quyidagi shartnomalarni shakllantirish ko’zda tutilgan:
Avtotransport ijarasi shartnomasi;
Beg’araz foydalanish shartnomasi;
Hadya shartnomasi;
Oldi-sotdi shartnomasi;
Xizmatlar ko’rsatish shartnomasi;
Qarz to’g’risidagi shartnoma;
Garov to’g’risidagi shartnoma;
Pudrat shartnomasi;
Prokat shartnomasi.
Reglament hisobotlari – soliq idoralariga taqdim etishga mo’ljallangan soliq va
buxgalteriya hisobotlari, shuningdek, turli jamg’armalarga taqdim etishga
mo’ljallangan hisobotlar. Hisobotni shablon ko’rinishida va to’ldirilgan hisobot
(to’ldirish dasturga kiritilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi) ko’rinishida
shakllantirish imkoniyati mavjud.
«BEM - Buxgalterga Elektron Madad» - bu har qanday turdagi tijoriy faoliyat
bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tayyor
echimdir. Ushbu dasturiy mahsulot buxgalteriya hisobi masalalarini echishga yordam
beradi. Ammo uning imkoniyatlari bu bilan cheklanmaydi: ma’lumotlarni qayta
ishlash va saqlashni o’z ichiga oladigan har qanday masalalar ham BEM ilovalarining
asosiy tarkibiy qismi vositalari yordamida bajarilishi mumkin. BEM mahsulotining
asosiy tarkibiy qismlari chet yaratuvchilar tomonidan qo’shimcha funktsional kiritish
va uni quvvatlashni amalga oshirishga imkon beradi.
Turli hisoblar (shu jumladan, buxgalteriya hisobi) masalalarini echish sohasida
o’tkazilgan tahlillar natijasida dasturiy ta’minotni
yaratish jarayonida biznes-
ob’ektlar tavsiflari, ularning aloqalari va o’zaro bog’liqligi tizimi yaratildi.
Umum qabul qilingan jahon tajribasiga tayanib, BEM mahsulotining
boshlang’ich kodlarini taqdim etish orqali ishlanmalarning oddiyligi va
kengayuvchanligiga osongina ishonch hosil qilish mumkin. Agar dastur yaratish
jarayonida, unda yangi imkoniyatlar qo’shishingiz va ularni BEM dasturiy mahsuloti
bazasida tarqatishingiz mumkin.
Umumiy xulosa sifatida BEM mahsulotlaridan foydalanish jarayonlari
bo’yicha xududlarda buxgalterlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish va
ushbu dastur imkoniyatlaridan foydalanishni yo’lga qo’yish buxgalterlar ishini
tezlashishi va ish sifatini oshirilishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: