Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


 TSP amaliy dastur paketida ishlash



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/155
tarix26.11.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#134977
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

9.3 TSP amaliy dastur paketida ishlash
TSP paketini IBM kompyuteriga mos keluvchi, MS-DOS yoki Windows 
muhitiga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlarning qattiq diskiga (vinchesteriga) 


128 
joylashtirish mumkin. Qulaylik uchun paketning programmali modullarini maxsus 
yaratilgan direktoriyga (masalan, TSP nomi bilan) joylashtirish kerak. U o’zida 
tenglamalar sistemasi matnlari, axborot massivlarini va boshqa ma’lumotlarni 
mujassamlashtirgan ishchi fayllarni saqlaydigan poddirektoriy (masalan, WORK 
nomi bilan) ega bo’lishi kerak [26]. 
Paketning NETDRV10.RTT modulini esa DOS direktoriysiga joylashtirish 
zarurdir. Paketni MS DOS operatsion tizimidan chaqirish TSP.exe komandasini 
kiritish bilan va Windows operatsion tizimidan chaqirishda, Windowsning ishchi 
stolida uning yorlig’ini yaratish va ushbu yorliq orqali ishga tushirish mumkin. 
Ekonometrik model tuzish 
Ushbu qismning asosiy vazifasi - ekonometrik modellashtirish sohasida 
tadqiqotlarga kirishishni va ishning birinchi bosqichi davomida amaliy natijalar 
olishdir. TSP imkoniyatlarini sistematik o’rganishlar, keyingi echiladigan masalalar 
ko’lamini kengaytirishga yordam beradi. 
Paketni kompyuterning operativ xotirasiga yuklagandan so’ng, TSPning ekrani 
paydo bo’ladi. 
Paketning ekrani 5 qismdan iborat: 
1.
Dinamik qatorlar intervallarini aks ettiruvchi qism. 
2.
Dinamik qatorlar nomlarini aks ettiruvchi qism. 
3.
Dinamik qatorning joriy intervali va printerning holati qismi. 
4.
TSP paketining ishchi sohasi qismi. 
5.
TSP paketining yordamchi menyu qismi. 
Paketning muhitiga kirib, ekranning pastki qismidagi joylashgan yordamchi 
menyuni ko’rish mumkin. Bular F1, F2, F3, F4, F5 va F6 funktsional klavishalardir. 
F3 - F6 klavishlari yordamida ekranga kerakli menyu chaqiriladi. F1 klavishasi 
kiritilgan yoki chaqirilgan buyruqlarni bekor qiladi. F2 klavishasi - avval kiritilgan 
buyruqlarni qaytadan chaqirish imkonini beradi. Bundan tashqari buyruqlarni bekor 
qilish uchun «Esc» klavishasidan ham foydalanish mumkin. 
F3 klavishasi bosilgandan so’ng paket asosiy ekranining fonida quyidagi 
ko’rinishdagi menyu paydo bo’ladi: 
File operation - Fayllar ustida amallar
(1) Work files (begin session) 

Ishchi fayllar 
(2) Data bank operation 

Ma’lumotlar banki operatsiyalari 
(3) Disk directory DIR 

Disk direktoriylari 
(4) Change directory CD 

Direktoriyni o’zgartirish 
(5) Edit a text file EDIT 

Matnli faylni tahrirlash 
(6) Rename a file REN 

Fayl nomini o’zgartirish 
(7) Delete a file DEL 

Faylni diskdan o’chirish 
(8) Display file TYPE 

Ekranda faylni ko’rish 
(9) Read Text-Lotus DIF READ 

Text-Lotus DIF ni o’qish 
(A) Write Text-Lotus DIF WRITE - 
Text-Lotus DIF ni yozish 
F1 Break (F3-F6 menu) F1 

Buyruqdan chiqib ketish 


129 
Menyudagi konkret bo’limni tanlash uchun kursorni yuqori yoki pastga 
yurgizish va Enter klavishasini bosish yoki menyudagi bo’limlar oldidagi qavslarda 
turgan raqam yoki harflarni bosish bilan amalga oshiriladi. Ishlani boshlashda (1) 
Work files (begin session) - Ishchi fayllar qatorini tanlash zarurdir. (1) ni tanlash 
natijasida quyidagi menyu paydo bo’ladi: 
Work files (WF) - Ishchi fayllar
(1) Create a new WF in RAM CREATE 

Xotirada yangi ishchi fayl yaratish 
(2) Load a WF from disk LOAD 

Diskdan ishchi faylni yuklash 
(3) Save a WF to disk SAVE 

Diskka ishchi faylni yozish 
(4) Expand the sample range EXPAND - 
Vaqtli qatorni kengaytirish 
(5) Sort data by series SORT 

Ma’lumotlarni sortirovka qilish 
F1 Break (F3-F6 menu) F1 

Buyruqdan chiqib ketish 
Bu erda siz eksperimental ma’lumotlarga ega bo’lgan, vaqtli qatorlarni ichiga 
olgan ishchi fayllarni yaratishga muvaffaq bo’lasiz. 
Agar birlamchi ishchi fayl yaratilayotgan bo’lsa, vaqtli qatorlar uchun davr 
oralig’ini aniqlash muhimdir. Menyu punktida quyidagilarni tanlashingiz mumkin. 

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin