Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 2,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/155
tarix26.11.2023
ölçüsü2,86 Mb.
#134977
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155
21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh

5. Konvergentsiya.
Konvergentsiya AATning zamonaviy rivojlanish 
jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko’rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va 
xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, raqamli hamda videosignallarni 
uzatish kabi ish rejimlari o’rtasidagi farq yo’qoladi. Moddiy ishlab chiqarish va 
axborot biznesi sohalari o’rtasidagi tafovut o’chib ketadi, firmalar va 
korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, moliya sektori 
va xizmat sohalari o’zaro uyg’unlashib ketadi.
SHunday qilib, yangi axborot texnologiyalari – bu dunyo miqyosida jamiyat 
taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o’tish asosidir. Mazkur 
tendentsiyaning biznesda qo’llanilishi quyidagi o’zgarishlarga olib keladi: 

har bir ish o’rnida resurslar etarli bo’lganda axborotni qayta ishlash uchun 
taqsimlangan shaxsiy (personal) hisoblashlarni amalga oshirish; 

xabarlarni jo’natish uchun ish o’rinlari birlashganda kommunikatsiyaning 
rivojlangan tizimini yaratish; 

iqtisodiy ob’ekt axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan global 
kommunikatsiyalarga ega bo’lishi; 

elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish; 

iqtisodiy ob’ekt integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq bo’g’inlarni 
bartaraf etish. 
15.3 Masofaviy ta’lim - elektron ta’lim tizimi 
Masofaviy ta’lim
- o’qitishning universal shakli sifatida, zamonaviy
axborot va telekammunikatsiya texnologiyalariga va texnik vositalarning keng 
spektrlaridan foydalanishga asoslangan bo’lib, o’quvchilar tomonidan o’qitish
darslarini erkin tanlash, o’qituvchi bilan muloqot qilish imkoniyatlarini
ta’minlaydi. Bunda o’qitish jarayoni o’quvchilarning ham hududiy, ham vaqt
bo’yicha joylashishiga bog’liq bo’lmaydi.
Masofaviy o’qitishning axborot - ta’lim muhiti o’z ichiga axborotlar, 
axborot resurlari, o’zaro-munosabatlar protokollari, apparat-dasturlar va tashkiliy
uslubiy ta’minotlardan iborat tizimli tashkiliy to’plam vositalarini oladi hamda
foydalanuvchilarning ta’limga bo’lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga
yo’naltiriladi [16,17,18].
Masofaviy o’qitish an’anaviy o’qitish shakllaridan quyidagi

Yüklə 2,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin