Horijiy tillarni o’rganish uchun tizimlar . Bunday katta miqdordagi amaliy
mulьtimedia – tizimlar orasida Learning English in Multimedia o’qituvchi tizimini
ajratib ko’rsatish mumkin. U boshlovchilar uchun ingliz tilini o’qitish maqsadlariga
mo’ljallangan hamda IFAP/IRI (Italiya) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Kurs moduli printsipi bo’yicha qurilgan, har bir modul u yoki bu hayotiy
vaziyatga muvofiq keladi. Ko’rib chiqilayotgan holatlar va ularga muvofiq keluvchi
xatti-harakatlar uchun tegishli so’z, tushuncha, jumla va gaplar kiritiladi. SHunday
qilib, tinglovchilar o’z lug’at boyligini to’ldiradi, grammatika va sintaksis qoidalarni
o’rganadi.
Kompyuter dasturi yordamida o’qitish og’zaki nutqni tinglash va talaffuzini
nazorat etish uchun videokasseta va audiokassetadan, shuningdek, grammatika
qoidalari berilgan ikki o’quv qo’llanmasidan foydalanilgan holda to’ldiriladi. O’z-
o’zini nazorat qilishning bunday usuli o’qitish jarayoni samaradorligini oshiradi.
Fan va zamonaviy texnologiyani o’rganish uchun tizimlar. Bu katta sinfdagi
amaliy mulьtimedia – tizimlariga quyidagi misollarni (oddiydan murakkabga qarab)
keltirish mumkin. Singapurning Ngee Ann politexnika instituti tomonidan ishlab
chiqilgan COMAPP o’qitish dasturi talablarga hisoblash texnikasi asoslarini, ya’ni
kompyuter ishlashi printsiplari va uni qo’llashni o’rgatishga mo’ljallangan. U
Authorware Professional mualliflik tizimi yordamida qurilgan va turli o’quv
mavzulariga tegishli modul tizimiga ega. Uning bosh menyusida quyidagi
ma’lumotlar mavjud:
kompyuter o’zi nima?
raqamli kompyuterlar tarixi;
kompyuterlar tasnifi;
axborotni taqdim etish;
mikrochizmalarni ishlab chiqish;
kompyuter qanday ishlaydi;
mikroprotsessorlar;
dasturdan chiqish;
muqaddima.
Ko’pgina kontseptual qoidalarni yaxshi o’zlashtirish uchun ko’p joy oladigan
so’z bayonlari o’rniga animatsiya yordamida ochib beriladi. Dastur CD-ROM da
yozilgan va o’n mingdan ziyod talaba o’qiydigan ushbu institutda keng foydalaniladi.