91
ma’lumotlari va fayllari bilan almashinish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Kompyuterlarning lokal tarmoqlari (LVS), bir – biridan uncha uzoq bo’lmagan
(bir necha yuz metr atrofida foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadi.
LVSni “mijozlari” (terminallari) ulangan katta bir kompyuter deb tasavvur etishi
mumkin. Biroq kompьterlar va LVS lar turli xil aloqa vositalari orqali xududiy va
jahon (xalqaro) tarmoqlariga ulanishi mumkin.
Kompyuterlarni telekomunikatsion tarmoqqa ulash uchun quyidagilar zarur:
1. Kommunikatsion jihozlar va aloqa kanali (hech bo’lmaganda modem va
telefon tarmog’i);
2. Kommunikatsion dasturlar.
Modem – bu kompyuterni xalqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi standart
qurilma (Modulyator – Demodulyator).
Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni telefon tarmog’iga
ulanadi.
Modemning yagona funktsiyasi – bu kompyuterning diskret ( raqamli )
signalini, telefon tarmog’ida uzatiladigan uzluksiz ( analogli ) signalga aylantirish va
aksincha.
Modem bilan ishlash uchun maxsus dastur ta’minoti ishlatiladi. Kompyuter
bilan provayder uzeli o’rtasidagi aloqa vositasi sifatida
oddiy yoki maxsus telefon
tarmog’idan foydalaniladi. Biz asosan telekommunikatsiyaning dasturli ta’minotini
ko’rib chiqamiz va u o’z navbatida ikki sinfga bo’linadi.
1. Mijoz – dasturlar. Bu dasturlar sizning kompyuteringizda joylashgan bo’lib,
o’z talablarini (savollarini ) serverga yuboradi.
2. Server – dasturlar .Bu dasturlar tarmoqning narigi uzelida joylashgan bo’lib,
ular sizning kompyuteringizga xizmat ko’rsatadilar.
Telefon tarmog’iga qiyos qilganda, ATS – bu server, sizning telefoningiz – bu
mijoz. Kommunikatsion tarmoqlar texnologiyasini ko’pincha “mijoz – server”
texnologiya deb atashadi. Bu tushuncha keng ma’noda to’g’ri, lekin shu narsani esda
saqlashimiz
lozimki,
axborotlar
tizimida
“mijoz
–
server”
tushunchasi
ma’lumotlarning qayta ishlashning funktsional modelini bildiradi. Umuman olganda,
server va mijozlar universal emas: tarmoqli xizmat ko’rsatishning har bir turi o’z
serveri va mijoziga ega. Masalan, pochta serverlari va mijozlari mavjud, FTP –
serverlar va FTP - mijozlar.
Ko’pincha server deb, serverli dasturlarga ega bo’lgan kompyuterlarni ham
aytishadi. SHu
narsani esda saqlash lozimki, bir server - kompyuterda bir necha
server dasturlar ish olib borishi mumkin.
Zamonaviy telekommunikatsiyalarning rivojlanishida ikki xil jarayonni ajratish
mumkin: Bir tomondan, tarmoqli xizmat turlari asta sekin Internet texnologiyalari
bilan qo’shilib ketmoqda.
Ikkinchi tomondan, Internet vositalari grafikli texnologiyaning tarkibi bo’lib
kelmoqda.
Hozirda eng katta global axborot tizimi bu Internet tarmog’idir.
Haqiqatdan
olganda, Internet aniq bir tashkiliy tuzilishga ega emas.
Internet tizimi hukumatlar, ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari tashabbusi
92
bilan tashkil etilgan bir qancha mustaqil kompyuterlar tizimlarini birlashmasidan
iborat.
Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSH mudofaa vazirligida hisoblash
tarmog’ining – ARPAnet ning paydo bo’lishi bilan bog’lashimiz mumkin. Bu tarmoq
urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun
mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy kontseptsiyasi quyidagidan iborat:
Tarmoqdagi har bir kompyuter bir – biridan
mustaqil ravishda muloqatda
bo’ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo’lib, xoxlagan paytda buzilishi
mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir
tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog’
qolgan kompyuter
boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha
qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir – biridan ma’lum darajada mustaqil
ishlashi kerak.
SHunday qilib, Internet ning asosiy printsipi – bu tarmoqdagi har bir uzel
(kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tarmoq qismlaridagi
buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir.
Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq – bu bir-biri
bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning to’plamidan iborat. Har bir uzel
– ko’pincha UNIX operatsion sistemasi
boshqaruvi ostida ishlovchi, bitta yoki bir
nechta qudratli server- kompyuterlardir. Ko’pincha bu kompyuterlarni bosh
kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha “xost”– xo’jayin ) deb atashadi.
Bu uzelni uning egasi bo’lmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi
(ingl. “Provide”– ta’minlamoq so’zidan olingan). Ko’p hollarda alohida olingan
tarmoqning nomi - bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma’lum bir turdagi
xizmatlar bilan ta’minlaydilar. Rossiyadagi ko’p taniqli provayderlardan biriga:
GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. CHet
eldagi eng yirik provayderlar bu– CompuServe va Amerika - Online hisoblanadi.
Provayderlarning
darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning
xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi.
SHunday qilib Internet ga ulanish degani bu:
Modemga ega bo’lish va kompyuterga uni ulash;
Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog’i yoki alohida boshqa
aloqa kanali orqali muloqot o’rnatish demakdir;
Internet qanday ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: