128
joylashtirish mumkin. Qulaylik uchun paketning programmali modullarini maxsus
yaratilgan direktoriyga (masalan, TSP nomi bilan) joylashtirish kerak. U o’zida
tenglamalar
sistemasi matnlari, axborot massivlarini va boshqa ma’lumotlarni
mujassamlashtirgan ishchi fayllarni saqlaydigan poddirektoriy (masalan, WORK
nomi bilan) ega bo’lishi kerak [26].
Paketning NETDRV10.RTT modulini esa DOS direktoriysiga joylashtirish
zarurdir. Paketni MS DOS operatsion tizimidan chaqirish TSP.exe komandasini
kiritish bilan va Windows operatsion
tizimidan chaqirishda, Windowsning ishchi
stolida uning yorlig’ini yaratish va ushbu yorliq orqali ishga tushirish mumkin.
Ekonometrik model tuzish
Ushbu qismning asosiy vazifasi - ekonometrik modellashtirish sohasida
tadqiqotlarga kirishishni va ishning birinchi bosqichi
davomida amaliy natijalar
olishdir. TSP imkoniyatlarini sistematik o’rganishlar, keyingi echiladigan masalalar
ko’lamini kengaytirishga yordam beradi.
Paketni kompyuterning operativ xotirasiga yuklagandan so’ng, TSPning ekrani
paydo bo’ladi.
Paketning ekrani 5 qismdan iborat:
1.
Dinamik qatorlar intervallarini aks ettiruvchi qism.
2.
Dinamik qatorlar nomlarini aks ettiruvchi qism.
3.
Dinamik qatorning joriy intervali va printerning holati qismi.
4.
TSP paketining ishchi sohasi qismi.
5.
TSP paketining yordamchi menyu qismi.
Paketning muhitiga kirib, ekranning pastki qismidagi
joylashgan yordamchi
menyuni ko’rish mumkin. Bular F1, F2, F3, F4, F5 va F6 funktsional klavishalardir.
F3 - F6 klavishlari yordamida ekranga kerakli menyu chaqiriladi. F1 klavishasi
kiritilgan yoki chaqirilgan buyruqlarni bekor qiladi. F2 klavishasi - avval kiritilgan
buyruqlarni qaytadan chaqirish imkonini beradi. Bundan
tashqari buyruqlarni bekor
qilish uchun «Esc» klavishasidan ham foydalanish mumkin.
F3 klavishasi bosilgandan so’ng paket asosiy ekranining fonida quyidagi
ko’rinishdagi menyu paydo bo’ladi:
File operation - Fayllar ustida amallar
(1) Work files (begin session)
-
Ishchi fayllar
(2) Data bank operation
-
Ma’lumotlar banki operatsiyalari
(3) Disk directory DIR
-
Disk direktoriylari
(4) Change directory CD
-
Direktoriyni o’zgartirish
(5) Edit a text file EDIT
-
Matnli faylni tahrirlash
(6) Rename a file REN
-
Fayl nomini o’zgartirish
(7) Delete a file DEL
-
Faylni diskdan o’chirish
(8) Display file TYPE
-
Ekranda faylni ko’rish
(9) Read Text-Lotus DIF READ
-
Text-Lotus DIF ni o’qish
(A) Write Text-Lotus DIF WRITE -
Text-Lotus DIF ni yozish
F1 Break (F3-F6 menu) F1
-
Buyruqdan chiqib ketish
129
Menyudagi konkret bo’limni tanlash uchun kursorni yuqori yoki pastga
yurgizish va Enter klavishasini bosish yoki menyudagi bo’limlar
oldidagi qavslarda
turgan raqam yoki harflarni bosish bilan amalga oshiriladi. Ishlani boshlashda (1)
Work files (begin session) - Ishchi fayllar qatorini tanlash zarurdir. (1) ni tanlash
natijasida quyidagi menyu paydo bo’ladi:
Work files (WF) - Ishchi fayllar
(1) Create a new WF in RAM CREATE
-
Xotirada yangi ishchi fayl yaratish
(2) Load a WF from disk LOAD
-
Diskdan ishchi faylni yuklash
(3) Save a WF to disk SAVE
-
Diskka ishchi faylni yozish
(4) Expand the sample range EXPAND -
Vaqtli qatorni kengaytirish
(5) Sort data by series SORT
-
Ma’lumotlarni sortirovka qilish
F1 Break (F3-F6 menu) F1
-
Buyruqdan chiqib ketish
Bu erda siz eksperimental ma’lumotlarga ega bo’lgan, vaqtli qatorlarni ichiga
olgan ishchi fayllarni yaratishga muvaffaq bo’lasiz.
Agar birlamchi ishchi fayl yaratilayotgan bo’lsa,
vaqtli qatorlar uchun davr
oralig’ini aniqlash muhimdir. Menyu punktida quyidagilarni tanlashingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: