Bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaming buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaming kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir.
Bozor muvozanati haqida tushuncha
Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini- o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi.

Talab va taklif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi. Tovar tanqisligini davlat o‘z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo‘li bilan yechadi, ya'ni o‘z zahirasidagi miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi.

2. . Bozor muvozanatiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar tahlili.