Ba'zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o‘rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o‘rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo‘lsa (- muvozanat narx) va narxni maksimal narx dan yuqori belgilash ta'qiqlansa. Maksimal narx ba'zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma'lum darajada ta'minlash maqsadida davlat tomonidan o‘rnatiladi.
Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o‘rnatiladi. Minimal narxning o‘rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi.
Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo‘lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin).
Mahsulotning narxi minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo‘lsa, (Ре -muvozanat narx) va narx ni pasaytirish mumkin bo‘lmasa.
Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o‘rnatiladi. Minimal narxning o‘rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi.
Xulosa
Bozor munosabatlarining rivojlanishi tadbirkorlar sinfini vujudga kelishi va mustahkamlanishi bilan tavsiflanadi. Iqtisodiyotni rivojlanishida davlatning aralashuvi ushbu maktab nuqtayi nazarida, ya’ni merkantilizmni iqtisodiy liberalizm g‘oyasi bilan almashinish oqibatida tadbirkorlik faoliyatini cheklangan va iqtisodiyotga davlatning aralashuvini salbiy baholagan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi — bu iqtisodiy munosabatlaming muhim tizimchasi va bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan biridir. Narx — bu ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar harakatlarini belgilovchi ko‘rsatkichi va bozor iqtisodiyotining asosidir. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda narx va narx belgilash orqali ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi - bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi - bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim masalalardan biri hisoblanadi.