Kurs ishining maqsadi.Kurs ishining maqsadi ishsizlikning nima ekani haqida to’liq tushunchaga ega bo’lish , uning iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari bilan tanishish , va O’zbekistonda ishsizlik darajasi bilan tanishib , uning oldini olish istiqbollarini haqida fikr yuritish.Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni bilan tanishish
-ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish shakllarini o’rganish
-ishsizlik natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni tahlil qilish
-O’zbekistonda ishsizlik darajasini pasaytirish va uni oldini olish istiqbollarini o’rganib , qanday qilib ishsizlikning oldini olish va aholining bandligini ta’minlash xususida so’z yuritish.
Kurs ishining predmeti.Kurs ishining predmeti bu ishsizlikning kelib chiqish sabalari va nayon bo’lish shakllarini tadqiq etish va unga qarshi kurash usllari bilan tanishib , O’zbekistonda ham ishsizlik darajasini pasaytirish xususida fikr yuritish.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari.Kurs ishining nazriy asoslari shundan iborat - ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni bilan tanishish , ishsizlik darajasi va ishsizlik hamda inflatsiyaning o’zaro bir –biriga bo’g’liqligini o’rganish, Filiips egri chizig’i to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishdir.Kurs ishining uslubiy asoslari esa , ishsizlikning kelib chiqish sabalari va namoyon bo’lish shhakllarini hayotiy tajribalar orqali tushuntirib berish , ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini to’g’risidagi amaliy ishlanmalar bilan tanishish hamda O’zbekistonda ishsizlikning darajasini pasaytirish va uning oldini olish istiqbollariga oid qonun hujjatlari yoki ilmiy-amaliy ishlanmalarni ko’rib chiqib xulosa chiqarishdan iborat .
Kurs ishining tuzilishi.Ushbu kurs ishi kirish , xulosa , va o’zaro bir biri bilan ma’zmunan bog’langan 4 ta rejadan iborat bo’lib , umumiy hajmda 49 betni tashkil qiladi
1.Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni Ishsizlik va unga bog’liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy – mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi . Ishsiizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholining bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat . Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish , ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak .
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish joyi bilan bilan ta’minlanmaganligi va natijada , uning biron –bir qonuniy daromad manbaiga ega bo’lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT , Xalqaro Mehnat Tashkiloti(XMT) , Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqishadi .
Xalqaro tashkilotlarning bergan ta’rifiga binoan “ishsiz shaxslar” deganda –ishga ega bo’lmagan , ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi . Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda , turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun qo’shimcha shartlar talab qilinadi.
O’zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko’ra , “Ishsizlar – 16 yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi , haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan , ish qidirayotgan va ish taklif etilsa , unga kirishishga tayyor bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan , qayta tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassalarida ta’lim olayotganlar mustasno) . Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan , ishga joylashishda ko’mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ular tomonidan ish qidiruvchi sifatida ro’yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi.”
Ishsiz shaxslar deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rt shart mavjud bo’lishi lozim :