1 mavzu.
Pedagogik konfliktologiyaning fan sifatida rivojlanishi
Reja:
1. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsad va vazifalari.
2. Pedagogik konfliktologiya fanining rivojlanish bosqichlari.
3. Pedagogik konfliktologiya fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi.
Pedagogik jarayon o’ziga hos murakkab ijtimoiy tuzilma bo’lib, shahslararo
aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub’ekt
o’rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham
kuzatiladi.
Pedagogik jarayonda shahslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi
sifatida konfliktlarning юzaga kelishi kuzatiladi.
Konflikt o’zi nima? Bu fan o’rganuvchi ob’ektlar nimalardan iborat?
Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o’rganuvchi fan
“Konfliktologiya” bo’lib, u lotincha “conflictus” – to’qnashuv demakdir. Fan
nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o’rganish davlat hokimiyati, jamiyat
a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o’rganishdan
boshlangan. Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy,
milliy, guruhlararo va shahslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshladi.
Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan sifatida shakllana
boshlagandan so’ng, jamiyatda konfliktning tutgan o’rni o’rganish jamiyat
hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni
o’rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o’zaro to’ғri echimga kelish
zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi.
Pedagogik konfliktologiya fanining maqsadi - konfliktlar, hususan
pedagogik konfliktlarning kelib chiqish sabalari, ularni bartaraf etish yo’llari va
pedagogik jarayondaga konfliktlarning oldini olish yo’llarini o’rganish,
tamoyillarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etishdan ibort.
Pedagogik konfliktologiya fani mustaqil fan sifatida o’rganilishiga qaramay
uning rivojlanishi qator pedagogik turkum fanlar, hususan, pedagogika, ijtimoiy
pedagogika, pedagogika tarihi, qiyosiy pedagogika, shuningdek, anatomiya va
fiziologiya, psihologiya, sotsiologiya, falsafa, tarih, huquq va boshqa ijtimoiy
fanlar bilan yaqin aloqadorlikda o’rganiladi.