Toshkent davlat pedagogika universiteti «pedagogik konfliktologiya»


-ma’ruza. Pedagogik konfliktning umumiy harakteristikasi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/39
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#113661
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Toshkent davlat pedagogika universiteti «pedagogik konfliktologi

2-ma’ruza. Pedagogik konfliktning umumiy harakteristikasi 

Reja: 

1.Pedagogik konflikt tushunchasi. 

2. Pedagogik konfliktlarning mohiyati va kelib chiqish sabalari 

3. Pedagogik konfliktlarning hal etish etish yo’llari.  

Pedagogik jarayon o’ziga hos murakkab ijtimoiy tuzilma bo’lib, shahslararo 

aloqalarning  doimiy  jarayonidan  iboratdir.  Albatta,  bu  jarayonda  ikki  sub’ekt 

o’rtasidagi  munosabatlarni  ijobiy  shakl  doirasidan  chetga    chiqish  holatlari  ham 

kuzatiladi. 

Pedagogik  konflikt-  pedagogik  jarayonda  shahslararo  munosabatlarning 

keskinlashuvi  natijasi  sifatida  юzagi  keluvchi  muamoli  vaziyatdir.  Pedagogik 

konfliktlarning quyidagi shakllari юzaga keladi:  

1.  Talaba-talaba 

2.  Talaba-o’qituvchi 

3.  O’qituvchi-o’qituvchi 

Pedagogik  jarayonning  muhim  ishtirokchisi  talaba  bo’lib,  ular  orasidagi 

aksar  konfliktlar  kichik  guruhlarda  liderlikka  intilish  natijasida  namoyon  bo’ladi.  

Bunda  shahslararo  konflikt  qoloq  lider  va  guruhda  e’tibor  qozonayotgan  ikkinchi 

lider  o’rtasida  vujudga  kelishi  kuzatiladi.  Konfliktli  vaziyat  guruhdagi  ikki  lider 

o’rtasida vujudga kelib, ular konfliktga nafaqat o’zlarini, balki tarafdorlarini ham 



tortishi  mumkin.  Bu  esa  konfliktik  eskalyatsiyani,  ya’ni  uni  miqyosini 

kengayishiga  sabab  bo’ladi.      Ayrim  hollarda  ikki  lider  o’rtasidagi  kofliktga 

tortilgan  tarafdorlar  hududiy  manfaatlar  doirasida  юzaga  kelsa,  shahslararo 

konfliktning  ko’lami  etnik  yoki  hududiy  mojarolar  darajasigacha  ko’tarilishi 

mumkin.  SHuningdek,  qizlar  va  yigitlar  orasidagi  shahslararo  konfliktlar  salbiy 

hislatlarni  namoyon  qilishda  hamda  quyi  bosqich  talabalariga  nisbatan  qo’pol 

muamomilada bo’lish natijasida ham vujudga kelishi mumkin.   

Pedagogik jarayonni asosiy boshqaruvchisi o’qituvchi bo’lib, tizim doirasida 

faoliyatni amalga oshirishda talaba, ya’ni sub’ekt bilan aloqada konfliktli muhitlar 

юzaga  kelishi  mumkin.  O’qituvchi  va  talaba  o’rtasidagi  shahslararo  konfliktlar 

юqori bosqich talabalari bilan ko’proq sodir bo’ladi. 

Pedagogik    konfliktlar  namoyon  bo’lish  darajasiga  qarab  shahslararo  va 

guruhli konfliktlarga bo’linadi. Bu konfliktlarni batraraf etishda samarali uslublarni 

ishlatgan  holda  muammo  echimiga  kelish  mumkin.  Jumladan,  shahslararo 

konfliktli  muhitda  pedagogik  choralar  sifatida  suhbat,  tushuntirish,  shahslararo 

munosabat  madaniyati  haqida  tushuncha  berish,  psihologik  ta’sir,  egoizm  va 

agressiv  holatdan  voz  kechish  hisobiga  shakllanadigan  muhit  haqida  tushuntirish; 

ma’muriy  choralar:  tizimda  o’zgarish  qilish,  konflikt  ishtirokchilarini  turli 

guruhlarga  tarqatib  юborish,  o’quv  jarayonini  vaqtini  o’zgartirish  va  boshqalarni, 

guruhlararo  konfliktli  muhitda  guruhni  o’zaro  munosabatlarini  tahlil  qilish 

(liderlikka  bo’lgan  intilish,  ijtimoiy  tenglikni),  konfliktning  yashirin  alomatlarini 

topish va guruhdagi me’yorlarni buzilishini aniqlashlozim. 

 


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin