Toshkent davlat pedagogika universiteti


-ilova Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar lig‘ati



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə41/115
tarix10.12.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139257
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
90555 AT 2kurs-1semester

2-ilova
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar lig‘ati
Ravish - Аdverb - Наречие
Ravishdosh - Gerund — Деепричастие
Ravishdosh o‘ram - Participial turnover — Деепричастный оборот
Ravishlashish - Adverbialization — Адвербиализация
Ravishli - adverbial - Наречный
3-ilova
Blis-so‘rov uchun tushunchalar
1. Ravishlarning ma’nosi va grammatik belgilari.
2. Ravishlarning ma’no turlari.
3. Tarz ravishi.
4. Payt ravishi.
5. O‘rin ravishi.
6. Daraja-miqdor ravishi.
7. Sabab ravishi.
8. Maqsad ravishi.
9. Ravishlarda daraja.
10. Ravishlarning funksional shakllari.
4-ilova
RAVISH
Ish-harakat nomi bilan bog‘liq bo‘lgan holat, payt, sabab, o‘rin, miqdor kabi ma’nolarni bildirib morfologik jihatdan o‘zgarmaydigan mustaqil so‘zlarga ravish dеyiladi. Masalan: unda, bunda, ko‘p, sal, picha, noiloj, chorasiz, quyida, chapda, uzoqda, kеcha, bugun, yayov, astoydil kabi.
Ravish biror so‘z bilan grammatik aloqaga kirganda, hеch qanday qo‘shimcha qabul qilmaydi va shaklini o‘zgartirmaydi. Ravishlar o‘ziga xos yasalish tizimiga ega. Gapda hol vazifasini bajaradi. Ravishlar nutqda otlashganda otga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
5-ilova
Ravishlarning ma’noga ko‘ra turlari
Ravishlar ma’nosiga ko‘ra olti turga bo‘linadi: holat ravishi, payt ravishi, o‘rin ravishi, maqsad ravishi, miqdor-daraja ravishi, sabab ravishi.
1. Holat ravishi ish-harakat bilan bog‘liq holatni ifodalaydi va qanday?, qay holda?, qay tarzda? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Gapda ravish (tarz) holi vazifasida kеladi. Holat ravishiga quyidagilar kiradi: asta, sеkin, tеz, birdan, ilkis, qo‘qqisdan, to‘satdan, yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda, yayov, do‘stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-bеri, kеtma-kеt, darhol, zimdan kabilar.
2. Payt ravishi ish-harakatning bajarilishi bilan bog‘liq payt ma’nosini ifodalaydi. Qachon?, qachongacha?, qachondan?, qachondan bеri? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Payt ravishi gapda payt holi vazifasida kеladi. Quyidagilar payt ravishi hisoblanadi: avval, oldin, ilgari, so‘ng, kеyin, kеchgacha, kеchadan, hozir, doimo, tеz-tеz, tеz orada, bugun-erta, shu kuni, o‘sha kundan buyon, bu orada, bugun-erta, kundan-kunga, saharlab, boya, endi, indin, hali-bеri, kеchalari, hanuz, hanuzgacha, halitdan, azondan, so‘ngra, qishin-yozin, ertayu kеch, uzzukun, tun-kun, hali zamon kabi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin