Toshkent davlat pedagogika universiteti


Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar lug‘ati



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə47/115
tarix10.12.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139257
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
90555 AT 2kurs-1semester

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar lug‘ati
Bog‘lovchi - conjunction, union - союз
Bog‘lovchi so‘z - connective - союзное слово
Ko‘makchilar - Postpositions — Послелоги
Fe’l ko‘makchilar - Verbal postpositions — Отглагольные послелоги
Ot ko‘makchilar - Official names — Служебные имена
Gumon yuklamasi - Undefined particle — Неопределенная частица


8-ilova
Blis-so‘rov uchun tushunchalar
1.Teng bog‘lovchilar.
2. Biriktiruv bog‘lovchilar.
3. Zidlov bog‘lovchilar.
4. Ayiruv bog‘lovchilar.
5. Ergashtituvchi bog‘lovchilar.


9-ilova
Bog‘lovchilar haqida umumiy tushuncha
Gap bo‘laklarini yoki qo‘shma gap qismlarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar gap bo‘laklari va qo‘shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqalarni, Grammatik munosabatni ko‘rsatadi.
Gap bo‘laklari va gaplar orasidagi grammatik munosabat bog‘lovchilar yordamida ifodalansa ham, bog‘lovchilarning o‘zi bu so‘zlarning grammatik formasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmaydi, ular bilan birlashmaydi.
Bog‘lovchilar tuzilash jihatidan sodda va qoshma bo‘ladi. Sodda bo‘g‘lovchilar morfologik jihatdan bo‘linmaydi: va, ham, lekin, ammo, biroq, balki, yo, yoki, agar kabi. Qo‘shma bog‘lovchilar juda oz bo‘lib, morfologik jihatdan bo‘linadi: holbuki, shuning uchun kabi.
Bog‘lovchilar qo‘llanishiga qarab yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilarga bo‘linadi.
Yakka bog‘lovchilar: va, ham, lekin, biroq, ammo, chunki, shuning uchun kabi.
Takroriy bog‘lovchilar gap bo‘laklarini va gaplarni bog‘lashda takrorlanib keladi: yo…, yo…, yoki…, yoki…,dam…, dam… kabi.


10-ilova
Teng bog‘lovchilar
Teng bog‘lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo‘laklarini va gaplarni o‘zaro bog‘lashga xizmat qiladi. Teng bog‘lovchilar o‘zlarining ma’nosiga, grammatik aloqalarni ko‘rsatishiga qarab, biriktiruv, zidlov, ayirub bog‘lovchilariga bo‘linadi.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin