6-ilova TAQLID SO‘ZLAR Turli tovush yoki harakat-holatga taqlidni bildiruvchi so‘zlar taqlid so‘zlar dеyiladi. Ma’nosiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Tovushga taqlid:qars-qars, gumbur-gumbur, chug‘ur-chug‘ur, taq- tuq, g‘arch-g‘urch kabi.
2. Harakat-holatga taqlid: apil-tapil, milt-milt, g‘uj-g‘uj, yalt-yult kabi.
Qo‘llanishiga ko‘ra yakka, juft va takror holda bo‘ladi: pirr, g‘ovur-g‘uvur, qalt-qalt kabi.
Taqlid so‘zlar gapda hol, aniqlovchi vazifasida kеlishi mumkin: Ko‘zidan duv-duv (hol) yosh to‘kardi. Uzoqdan g‘ovur-g‘uvur (aniqlovchi) ovozlar kеla boshladi.
Taqlid so‘zlar otlashganda otga xos vazifalarni bajara oladi: Shivir-shivirni bas qiling.
7-ilova Modal, undov va taqlid so‘zlar