Toshkent davlat pedagogika universiteti


II qism G 1-topshiriq



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə58/115
tarix10.12.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139257
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115
90555 AT 2kurs-1semester

II qism

G 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.


1. Affiksal morfemalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari haqida ma’lumot bering?
2. Antonimlik hodisasi affikslarga xos xususiyatmi? Bu to‘g‘rida tilshunos olimlarning qarashlari.
3. Affiksal omonimlik qaysi so‘z turkumi doirasida kuzatiladi?
4. Qo‘shimcha morfemalar sinonimiyasi haqida ma’lumot bering, fikringizni misollar bilan izohlang.
5.Berilgan matndan affikslarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarini aniqlang.


2-topshiriq. Quyida berilgan qo‘shimchalarni shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarga ajrating.

-a, -dan, -dir, -ot, -san, -ma, -loq, -li, -gi, -da, -kash, -k, -il, -xon, -chak, -be, -bar, -ar, -im, -gin, -gich, -gani, -an, -aki, -lar, -cha, -si, -roq, -qi, -xo‘r, -ch, -man, -shunos, -sh, -q, -ir, -niki, -ing, -ingiz, -ni, -noma, -tir, -qi, -cha, -ga, -iy.


So‘z yasovchi Sintaktik shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi
3-topshiriq. She’riy matn tarkibidagi qo‘shimchalarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarini aniqlang.


1-variant
Menga boqib miyig‘ida kulgan dunyo,
Meni tuproq o‘zni osmon bilgan dunyo,
Seni momom cho‘miltirgan yuvib-tarab,
Seni bobom teta-poya qilgan, dunyo!..
2-variant
Yuzlaringni yoritgan shu sharq ziyosi,
Dardlaringni aritgan shu sharq ziyosi,
Sinoning etagin o‘pib Ovruposi,
Amriqosi Beruniydan qolgan dunyo.


3-variant
Moziy manim borimni yod etib siylar,
Dilin obod, ruhlarin shod etib siylar.
Shoh G‘azzoliy, shoh Tabriziy, shoh Rumiylar…
Chorig‘ini yelkasiga ilgan dunyo. (M. Yusuf )

! 4-topshiriq. Berilgan matndagi omonim qo‘shimchalarni izohlang.


…Alomon bir nimaga qasd qilib to‘lishib turganda bir og‘iz gap kifoya qiladi. Asrorqul o‘shanda alomonni yorib chiqib, “oqposhshoning devori yiqilgan bo‘lsa, o‘zining yurtidan mardikor olsin, biz bormaymiz ” debdi. Shundan keyin alomon xuruj qilib mingboshining uyiga boribdi. Mingboshi qochibdi. Shahardan soldat chiqibdi…Asrorqul o‘shandan beri qishloqma-qishloq qochib yurar ekan. Usta Mo‘min yolg‘iz qo‘l bir kosib edi. Asrorqul uning damini bosib, bo‘lak ishlarga qarashib, do‘konida yotib yurdi. Bu odam o‘zi o‘ttiz beshlarga borib qolgan bo‘lsa ham, bola-chaqa qiliolmagan, otasidan qolgan meros-tegirmonini aylantirib, kunini o‘tkazdirib yurgan ekan. Haydar ota ikkovi oshna bo‘lib qoldi. Haydar ota ba’zan kechalari uning oldiga kirib bir pas-yarim pas gaplashib o‘tiradigan bo‘ldi. Shunda Asrorqul tegirmonidan gapirib xafa bo‘laverganidan keyin Haydar ota bir kuni Ultarmaga borib, tegirmondan xabar oldi. (A. Qahhor “Asror bobo”)

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin