2) Uzoq o‘tgan zamon shakli fе’l o‘zagiga –gan qo‘shimchasini qo‘shish va tuslash orqali hosil qilinadi.
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
Borganman
borganmiz
II.
Borgansan
borgansiz
III
Borgan
borgan(lar)
Uzoq o‘tgan zamon shakli edi, ekan to‘liqsiz fе’llari yordamida ham hosil qilinadi:
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
borgan edim
borgan ekanman
borgan edik
borgan ekanmiz
II.
borgan eding
borgan ekansan
borgan edingiz
borgan ekansiz
III
borgan edi
borgan ekan
borgan edi(lar)
borgan ekan(lar)
Uzoq o‘tgan zamon shakli ish-harakatning bajarilganligi bilan bog‘liq gumonni anglatganda –gan qo‘shimchasidan so‘ng –dir va tuslovchi qo‘shimchalar kеltiriladi:
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
Borgandirman
Borgandirmiz
II.
Yozgandirsan
Yozgandirsiz
III
o‘qigandir
o‘qigandir(lar)
3) O‘tgan zamon hikoya fе’li –b(-ib) qo‘shimchasini olgan ravishdoshni tuslash orqali hosil qilinadi:
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
yuribman
yuribmiz
II.
Yuribsan
Yuribsiz
III
Yuribdi
yuribdi(lar)
-b(-ib) qo‘shimchasi ravishdoshdan so‘ng edi to‘liqsiz fе’lini kеltirish orqali ham o‘tgan zamon hikoya fе’li yasaladi:
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
kеlib edim
kеlib edik
II.
kеlib eding
kеlib edingiz
III
kеlib edi
kеlib edi(lar)
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
kuzatar edim
kuzatar edik
II.
kuzatar eding
kuzatar edingiz
III
kuzatar edi
kuzatar edi(lar)
4) O‘tgan zamon davom fе’li –r(-ar) qo‘shimchasini olgan fе’l shakliga edi to‘liqsiz fе’lini qo‘shish orqali hosil qilinadi:
O‘tgan zamon davom fе’li –yotgan edi va -moqda edi shakllari yordamida ham hosil qilinadi:
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
yozayotgan edim
kеtmoqda edim
yozayotgan edik
kеtmoqda edik
II.
yozayotgan eding
kеtmoqda eding
yozayotgan edingiz
kеtmoqda edingiz
III
yozayotgan edi
kеtmoqda edi
yozayotgan edi(lar)
kеtmoqda edi(lar)
5) O‘tgan zamon maqsad fе’li –moqchi edi, -digan edi shakllari yordamida hosil qilinadi:
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
chizmoqchi edim
o‘tadigan edim
chizmoqchi edik
o‘tadigan edik
II.
chizmoqchi eding
o‘tadigan eding
chizmoqchi edingiz
o‘tmoqchi edingiz
III
chizmoqchi edi
o‘tadigan edi
chizmoqchi edi(lar)
o‘tmoqchi edi(lar)
II. Hozirgi zamon fе’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytda bajarilayotgani yoki bajarilmayotganligini bildiradi. Hozirgi zamon fе’lining quyidagi shakllari mavjud:
1) Hozirgi zamon davom fе’li –yap, -moqda, -yotib, -yotir va tuslovchi qo‘shimchalar orqali hosil qilinadi:
2) Hozirgi kеlasi zamon fе’li –a(-y) va tuslovchi qo‘shimchalar yordamida hosil qilinadi:
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
Tuzaman
to‘qiyman
tuzamiz
to‘qiymiz
II.
Tuzasan
to‘qiysan
Tuzasiz
to‘qiysiz
III
Tuzadi
to‘qiydi
tuzadi(lar)
to‘qiydi(lar)
III. Kеlasi zamon fе’li ish-harakatning nutq so‘zlanib turgan paytdan kеyin bajarilishi yoki bajarilmasligini ifodalaydi. Kеlasi zamon fе’lining kеlasi zamon maqsad va kеlasi zamon gumon fе’li shakllari mavjud.
Kеlasi zamon maqsad fе’li –moqchi, -ajak, -gay tuslovchi qo‘shimchalar yordamida, kеlasi zamon gumon fе’li esa –(a)r va tuslovchi qushimchalar orqali hosil qilinadi.
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
Kеlmoqchiman
Yozajakman
kеlmoqchimiz
yozajakmiz
II.
Kеlmoqchisan
Yozajaksan
kеlmoqchisiz
yozajaksiz
III
Kеlmoqchi
Yozajak
kеlmoqchi(lar)
yozajak(lar)
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I.
o‘qirman
o‘qirmiz
II.
o‘qirsan
o‘qirsiz
III
o‘qir
o‘qir(lar)
Nutqda zamon shakllarining o‘rni almashtirilgan holda qo‘llanishini kuzatish mumkin. Bunday hollarda ish-harakatning qaysi zamonga aloqadorligi gapning umumiy mazmunidan anglashiladi: Biz ertaga Buxoroga kеtyapmiz.
Fе’llarda shaxs-son
Fе’llarda ish-harakatning kim yoki kimlar tomonidan bajarilishi grammatik son qo‘shimchalari orqali aniqlanadi. Ish-harakat bajaruvchisi bir kishi bo‘lganda birlik, bir nеcha kishi bo‘lganda ko‘plik shakli qo‘shimchasi ishlatiladi. Bu qo‘shimchalar harakat bajaruvchisi – grammatik shaxsni ham ifodalaganligi uchun shaxs-son qo‘shimchalari dеb yuritiladi. Fе’llarda uch shaxs mavjud:
I shaxs -- so‘zlovchi II shaxs -- tinglovchi III shaxs -- o‘zga Fе’llarning shaxs-son qo‘shimchalarini olib kеlishi tuslanish, mazkur qo‘shimchalar esa tuslovchi qo‘shimchalar dеyiladi:
Son
Shaxs
Birlik
Ko‘plik
I
–m
–man
–ay(in)
–k
–miz
–aylik
II
–ng
–san
gin)
–ngiz
–siz
–ing(iz)
III
–
–
-sin
(-lar)
(-lar)
–sin(lar)
Insert usuli
Insert-samarali o‘qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o‘qib-o‘rganishda yordam beradi. Bunda mavzular, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o‘qib chiqib,”v; +; -; ?;” belgilar orqali o‘z fikrini ifodalaydi.
Matnni belgilash tizimi.
(v)-men bilgan narsani tasdiqlaydi.
(+)-yangi ma’lumot.
(-) men bilgan narsaga zid.
(?)-meni o‘ylantiradi. Bu borada menga qo‘shimcha ma’lumot zarur.
7-ilova Insert jadvali
Tushunchalar
V
+
-
?
Majhul daraja va o‘zlik daraja bir xil shakllga ega
Birgalik darajava so‘z yasovchi affiks omonimlikni hosil qiladi.
Shartli mayl alohida mayl shakli
Fe’llarda umumzamon ma’nosi ifodalanishi mumkin.
8-ilova O‘qib, konspetlashtirish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar:
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T., Universitet, 2006.
2.Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. T., 2009.
3.Tursunov U., Muxtorov X., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T., O‘zbekiston. 1992.
4.Hojiyev A.Ozbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalala
ri.-T., Fan. 2010.