Toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə59/115
tarix10.12.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#139257
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115
90555 AT 2kurs-1semester

5.Uyga vazifa.
1.Affiksal morfemaning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlariga badiiy matnlar asosida misollar toping.
III qism
G 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Affiksal omonimiya va uning yuzaga kelishi haqida ma’lumot bering.
2. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘zaro omonimligi haqida gapiring.
3. Shakl yasovchi qo‘shimchalarning omonimligini misollar bilan izohlang?
4. So‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar omonimligini misollar bilan izohlang.
5. Omonimlik hodisasi yana qanday birliklar orasida kuzatiladi?

@ 2-topshiriq. She’riy matn tarkibidagi qo‘shimchalarni tahlil qiling, omonim qo‘shimchalarni aniqlab, ular ishtirokida gaplar tuzing.




1-variant

Bosh bir kun tosh yostiqqa tegar,


Ruh to‘tisi tanni tark etar,
Deydilar yosh tanlamas ajal,
Xudo bilar kim oldin ketar…


2-variant

Ko‘zim ko‘kda sizda xayolim,


Jujuqlarim-mening kamolim!..
G‘animatmiz,jufti halolim,
Xudo blar kim oldin ketar!.. (M. Yusuf )
3-topshiriq. “Men-mustaqil yurt farzandiman” mavzusida matn tuzing. Matn tarkibidagi qo‘shimchalarni “Bu-bizniki!” metodi asosida shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlarga ajrating.

! 4-topshiriq. Matn asosida so‘z yasovchi omonim va sinonim affikslar tahlili.


…Akbarali ona qabridan bosh ko‘tarib, o‘rnidan turganida atrof nim qorong‘i edi. Oyoq ostida xazon shitirlab jimlikni buzdi, qo‘nalg‘ada qushlar cho‘chib pitirlashdi. Akbarali teraklarni, qabr do‘ngliklarini oralab panjaralarga, sag‘ana toshlarga urilib, so‘qmoq yo‘lni izlar, allaqanday vahimadan qora ter bosib ketgan edi. Nimagadir ilinib yengi yirtildi, qovjirab o‘t bosgan do‘ngliklar, xarsangtoshlar qorong‘ida vahimali ko‘rinishi yuragiga g‘uluv solardi. Akbarali nihoyat so‘qmoqni topdi, uzoqdan panjarali darvoza ko‘rindi. Biroq muyulishda bir odam qorasini ko‘rib, sochining tomirlarigacha muzlab ketdi. Odam juda katta edi, u daraxtlar soyasida, qorong‘ida pisib turgandek ko‘rindi. Tanini sovuq ter bosgan bo‘lsa ham, Akbaralini qandaydir g‘ayritabiiy kuch o‘sha tomonga sudradi. (A. Muxtor)
@ 5-topshiriq. Berilgan so‘zlarni morfemalarga ajrating.
Vag‘irlamoq, vahshiylashmoq, bolaxonador, boltayutar, bosmaxona, befarzandlik, bo‘yoqdor, daxldorlik, jiddiylashmoq, zuvillamoq, ilonchirmoviq, ixtisoslashtirilmoq, kalovlanmoq, ko‘chirtirmoq, olqishlamoq, og‘ishtirmoq, ravshanlashtirmoq, san’atshunoslik, siyraklashmoq, suvalmoq.

@ 6-topshiriq.Berilgan o‘zak morfemalarga affiks morfemalar qo‘shib so‘zlarni namunadigidek o‘zgartiring.So‘z yoki shakl yasalayotganligiga e’tibor qarating.


Sog‘, suv, supur, suyin, tur, tut, to‘y, uyqu, xabar, xona, xush, charx, chang, es, yuk, o‘t, qator, qimmat, harakat, hisob, quvon, toza.
Namuna: xayol-xayolan,xayoliy,xayolda,xayolparast,xayolchan


F 7-topshiriq. Berilgan test topshiriqlarini bajaring.
1.Qaysi javobda so‘zning morfem strukturasi xato ajratilgan?
A.Ov-chi-lik, odam-iy-lik, moy-li
B.Ogoh-la-n-tir-moq, qat-tiq, quloq-chin
C.Yo‘l-la-n-moq, iffat-li, kitob-dan
D.Ag‘dar-moq, bura-ma, bor-ma
2. Qaysi javobda so‘zning morfem strukturasi xato ajratilgan?
A.Ish-la-sh-moq, yordam-lash-moq, yolg‘on-chi-lik
B.Shahar-dan, be-ish, do‘st-lash-moq
C.Chin-dan, be-zor, yoqa-la-sh-moq
D.Yon-bosh-la-moq, ye-m-ish, dunyo-dunyo
3. Qaysi javobda so‘zning morfema strukturasida o‘zgarishlar sodir bo‘lgan?
A.Burama, bezakli, arralanmoq
B.Bugun, o‘qiyapti, bundayin
C.Ayblanuvchi,ulanmoq, yaramas
D.Umidsizlik, urinish, g‘o‘zapoya
4. Shakl yasalish qatorini aniqlang.
A.G‘oliblik, gazlama, terim
B.Ulama, o‘rim, kechki
C.Qovurdi, qo‘lim, o‘qish
D.Eslatma, yig‘im, foydali
5. Uch morfemali so‘zlar qatorini aniqlang.
A.Yurtdoshlarimiz, yoqimlilik, do‘stlarcha
B. Boshlab, zavqlanmoq, birinchilik
C. Beshotor, ishonchli, zargarlik
D.Adabiy, anglamoq, quloqchin
6. Morfemalarga ajraladigan so‘zlar qatorini aniqlang.
A. Qishki, qumloq, qishlamoq
B.Begona, juvoldiz, kelasi
C. Jizza, gulduros, yelkan
D. Aynan, ovlamoq, birga
7. Faqat kategorial forma yasovchili so‘zlar qatorini aniqlang.
A. Meniki, institutdagi, kelguncha
B. Mehnati, ko‘rindi, yurtimizning
C. Bog‘liq, qadrli, qurg‘oq
D. Sevdirgan, uygacha, ko‘rib
8. Sinonim affikslar qatnashgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A. Bebaraka, fayzli, sertakalluf, qasoskor
B. Suhbatdosh, yo‘ldosh, o‘rindosh, kursdosh
C. Qisqartma, olma, qo‘lyozma, qovurma
D. Childirmachi, childirmakash, umidsiz, noumid

!4-topshiriq.Badiiy asardan 5 ta gap olib morfemalarga ajrating.



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin