Kurs ishi himoyasi bo’yicha komissiya xulosasi __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Kirish Kur ishi dolzarbligi: Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqati bilan uzviy bog‘liqdir. Bola jumlalarning mazmuni va shaklidagi o‘zgarish uning muloqat shakllari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo‘naltirilgan va nosituativ — shaxsiy muloqot shakliga o‘tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir talablarni qo‘yadi. Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘igan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribasini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin. Til - hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart be‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so'zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz haqida esa unchalik ko‘p o‘ylab ham o'tirmaymiz. Bilimni uyushtiruvchi boshlang‘ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga alohida o‘rin beradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlami ochadi, uni o‘zining gumanitar mohiyati haqida orzu-xayollarga berilgan holda doimo tinch-osuda va jimgina o'tiradigan burchagidan chiqishga majbur qiladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5 ta muhim tashabbus, “Davlat talablari”, “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida bolalarga bilim, ko‘nikma va malakalar berib kelinmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama komil inson qilib shakllantirishda maktabgacha ta’lim tashkiloti boshlang‘ich ta’limning poydevori sanaladi. Shu jihatdan MTTda bolalardagi iste’dod va qobiliyatlarni aniqlash bilan bir qatorda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish orqali bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish imkoni ancha keng sanaladi. Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo‘lgan kattalar, muloqoti tufayli insoniyatning ko‘p asrlik tajribalarini o‘zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Mazkur jarayonning amalda tadbiqini esa insoniy muloqotning eng muhim vositasi – til orqaligina yetkazish mumkindir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda eng asosiy vazifalardan biri bolalarga ona tilida so‘zlashishni o‘rgatish, ularning nutqini rivojlantirish va ularni nutqiy munosabatga, muomalaga o‘rgatishdir.