Toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə1/7
tarix20.05.2018
ölçüsü0,6 Mb.
#50997
  1   2   3   4   5   6   7

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI




“Ro’yxatga olindi”

№_____________

“____”___________2014 y.


“Tasdiqlayman”

O’quv ishlari bo’yicha prorektor: ______D.U.Ergashev “____”___________2014 y.













MEHNAT TA’LIMI METODIKASI, KASB

TANLASHGA YO’LLASH

faniнинг

ishchi o’quv dasturi



Bilim sohasi:

100 000

-

Gumanitar soha

Ta`lim sohasi:

110 000

-

Pedagogika

Ta`lim yo’nalishi:

5112100

-

Mehnat ta`limi

TOSHKENT–2014

Fanning ishchi o`quv dasturi o`quv, ishchi o`quv reja va o`quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar: “Kasb ta`limi metodikasi” kafedrasi

Katta o`qituvchisi H.S.Yakubova,

o`qituvchi L.R.Zaripov.



Taqrizchilar: Nizomiy nomidagi TDPU “Umumtexnika fanlari”

kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari nomzodi,

S.Ahmadaliev

A.Qodiriy nomli JDPI Mehnat va umumtexnika fanlari kafedra mudiri p.f.n., dots B.H.O`rozov


Fanning ishchi o’quv dasturi “Kasb ta’limi metodikasi” kafedrasining 2014 yil “___” ______ dagi “___” - son yig`ilishida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: __________ Qo’ysinov O.A.

Fanning ishchi o’quv dasturi “Kasb ta’limi” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yil __ iyundagi __-sonli bayonnoma).



Fakultet kengashi raisi : __________ Ismadiyarov Ya.O’.
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig`i

______________ F.Piroxunova

Ishchi o`quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitet kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.

2014- yil “__” _______ dagi __ -sonli majlis bayoni


I. Kirish

Ushbu dastur umumiy ta`lim maktabi o’quvchilarida umummehnat va umumkasbiy bilim va ko’nikmalarini shakllantirishning metodlari, dars berishning shart-sharoitlari,tashkiliy shakllari hamda metodlari, shuningdek,ularga oid rejalashtiruvchi xujjatlar mazmuni, ularni tayyorlash masalalarini qamraydi.



1.1. Fanning maqsadi va vazifalari.

Fanni o’qitishdan maqsad: talabalarni har tomonlama barkamol rivojlangan, hozirgi zamon ruhida tarbiyalangan, bozor iqtisodiyoti davrida ta`lim-tarbiya ishini tashkil etish va uni amalga oshirishga oid dolzarb muammolarni ijobiy hal eta oladigan, milliy istiqlol g’oyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizni chuqur xis etib, ularni ta`lim-tarbiya mazmuniga singdiriboladigan shaxs – mehnat ta`limio’qituvchisi sifatida shakllantirishdir. ishchi o’quv fan dasturi

Fanning vazifasi: pedagogik psixologik bilimlarni o’quvchilarda umummehnat va umumkasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayonida tadbiq etish; pedagogik-psixologik bilimlar,bevosita tanlangan sohalarga va yangi pedagogik, axborot texnologiyalari asosida metodik muammolarni hal etish; mehnat ta`limini o’qitishni tashkil etish hamda uni amalga oshirish metodikasini o’rgatishdan iborat.

1.2. Fanni o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar.

“Mehnat ta`limi metodikasi, kasb tanlashga yo’llash” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- mehnat ta`limi va kasb tanlashga yo’llash fanidan yo’nalishlari bo’yicha ta`lim mazmunining uzviyligi va o’zaro bog’liqligi; o’quv moddiy bazaning tashkil etilishi (o’quv materiallari va moslamalar bilan ta`minlanishi); davlat ta`lim standartlarining ishlab chiqilish me`zonlari va unga qo’yiladigan talablarni bilishi kerak;

- o’quvchilarning mehnat tayyorgarligi bo’yicha o’quv rejasi va dasturlar mazmunini; o’quv jarayonini tashkil etish va boshqarish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

- ta`lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida aloqalar o’rnatishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi; mashg’ulotlarni o’tkazish; o’quv jarayonini rejalashtirish; tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish; bandlik xizmati bilan ishlash; o’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bo’yicha turli testlardan foydalanish; ota-onalar va jamoat tashkilotlari bilan ishlash malakalariga ega bo’lishi kerak.

talim jarayonida turli usullar bilan o’quvchilarnining xususiyatlarini o’rganish ya`ni; kuzatish, diagnostik suhbatlar, kasbga moslashish, professiografiya kabi tushunchalarni chuqur anglab, ularni tadbiq etishga tayyor bo’lishlari zarur;

• kasb tanlashga yo’llash jaryonida o’quv moddiy bazasini tashkil etish (anketalar, diagnostik savolnomalar, testlar va x.z.);

• davlat talim standartlarining ishlab chiqilish mezonlari va unga qo’yiladigan talablar;

• kasbiy tanlov bo’yicha tashxiz markazlarining faoliyati;

• ixtisoslik yo’nalishining istiqboldagi tarraqqiyoti va unga kasbiy jixatdan moslashib borish yo’llari to’grisida tasavvurga ega bo’lishi;

• mutaxassislik va yo’nalishlar bo’yicha Davlat ta`lim standartlari mazmunini;

• kasbiy tayyorgarligi bo’yicha uquv rejasi va dasturlar mazmunini;

• kasb-hunar kollejlarida uquv jarayonini tashkil etish va boshqarish;

• o’zlashtirgan nazariy bilimlari asosida amalda kasbga yaroqlilikni, professional rejalarni to’g`ri tashkil etishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi;

• kasblarga tibbiy jihatdan nomuvofiqligini aniqlash usullarini egallab olib mashg`ulotlarni o’tkazish;

• kasb tanlashga yo’llash ishlarini rejalashtirish;

• tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazish;

• bandlik xizmati bilan ishlash;

• o’quvchilarning individual xususiyatlarini aniqlash bo’yicha anketalar, diagnostik –differentsial savolnomalar va testlardan foydalanish;
1.3. Fanning boshqa fanlar bilan aloqasi.

«Mehnat ta`limi metodikasi, kasb tanlashga yo’llash» fani pedagogika, pedagogik mahorat, nutq madaniyati, pedagogik texnologiya, kasb ta`limi praktikumi, oziq ovqat tavarshunosligi, psixologiya, muhandislik psixologiyasi, kasb tanlashga yo’llash, konstruktsion materiallar texnologiyasi, mashinasozlik fanlari, fizika, matematika, axborotlar texnologiyasi, chizmachilik, elektrotexnika, o’quv ustaxonalarida amaliy ishlar, texnika xavfsizligi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqdir.




    1. Fanning hajmi:



Mashg’ulot turi

Ajratilgan soat

VI-semestr

VII-semestr



Umumiy soat

412 soat

206

206



Ma`ruza

80 soat

40

40



Laboratoriya

40 soat

20

20



Seminar

68 soat

34

34



Amaliy mashg’ulot

40 soat

20

20



Mustaqil ta`lim

184 soat

92

92



Kurs ishi

VII semestr







Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin