Mavzuning dolzarbligi. Prinsip–o‘qitish va ta’lim jarayonini belgilovchi asosiy uslubiy qoidalardir. Didaktika ta’lim prinsipi konsepsiyasini quyidagicha belgilaydi: “Ta’lim prinsiplari- Bu ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun rioya qilinishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalar”Chet Tillarini o‘qitishda qo‘llaniladigan ba'zi umumiy didaktik prinsiplarning o‘zgarishini ko‘rib chiqish mumkin.Birinchidan, 60-70-yillarda yo‘q bo‘lib ketgan onglilik tamoyiliga to‘xtalamiz. Didaktikaga ko‘ra, bu prinsip o‘rganilayotgan materialdan xabardorlikni anglatadi: faktlar, qonuniyatlar va boshqalar.
Til o‘qitish prinsiplari ta’lim-tarbiya jarayoniga asos bo‘ladigan ta’limiy qonun-qoida singari ma’nolami o‘z ichiga oladi. Ta’lim jarayonida darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda talaba va o‘qituvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta’lim prinsiplaridir. Mazkur prinsiplar har bir o ‘quv predmetida o‘ziga xos tatbiq etiladi. Xorijiy tillarni o‘qitishning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida kommunikativ kompentensiyani rivojlantirish. Bu tamoyil o‘zgartirilgan shaklda, birinchi navbatda, kommunikativ muammoni hal qilish uchun til materiallari bilan bog‘liq harakatlar va operatsiyalarini anglashni taqozo etadi. Biroq, bunda yanglashning o‘zi to‘liq va yetarli emas.Bundan tashqari, ushbu prinsipdan foydalanish muloqot jarayonida ishlatiladigan nutq asarlarining mazmunidan xabardorlikni anglatad. Va,nihoyat, ushbu fanni o‘qitishning yangi yondashuvlari nuqtai nazaridan ushbu prinsipning qo‘llanilishi o‘rganilayotgan til madaniy xususiyatlarini ona vatanining madaniyati bila n taqqoslaganda anglashni nazarda tutadi, Chunki kommunikativ kompetensiyani shakllantirish chettillarni o‘rganish va tushu nish jarayonida ishlatiladigan til materialini to‘liq o‘zlashtirgandagina mumkin bo‘ladi.
Mavzuning oʻrganilganlik darajasi.Til materiallarini o‘rgatish mazmuni va o‘qitish prinsiplari tog’risida ko‘plab pedagoglar o‘zlarining fikrlarini bildirishgan. Buyuk pedagog Yan Amon Komenskiy o‘zining “Buyuk Didaktika” asarida o’qitish prinsplari haqida fikrlarini bildirgan, hamda Jasur Ziyomuhammedovning “Xitoy tili o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasida til materiallarini o’rgatish mazmuni va o’qitish prinsplari haqida ma’lumotlar berilgan.