3-§.CHET TILI O‘QITISH PRINSIPLARI
Chet tillarini o‘qitish metodikasi dadidaktik va uslubiy prinsiplar farqlanadi. Prinsip – o‘qitish va ta’lim jarayonini belgilovchi asosiy uslubiy qoidalardir. Didaktika ta’lim prinsipi konsepsiyasini quyidagicha belgilaydi: “Ta’lim prinsiplari – bu ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun rioya qilinishi kerak bo‘lgan asosiy qoidalar” Chet tillarini o‘qitishda qo‘llaniladigan ba'zi umumiy didaktik prinsiplarning o‘zgarishini ko‘rib chiqish mumkin. Birinchidan, 60-70-yillarda yo‘q bo‘lib ketgan onglilik tamoyiliga to‘xtalamiz. Didaktikaga ko‘ra, bu prinsip o‘rganilayotgan materialdan xabardorlikni anglatadi: faktlar, qonuniyatlar va boshqalar. Xorijiy tillarni o‘qitishning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida kommunikativ kompe tensiyani rivojlantirish. Bu tamoyil o‘zgartirilgan shaklda, birinchi navbatda, kommunikativ muammoni hal qilish uchun tilm ateriallari bilan bog‘liq harakatlar va operatsiyalarini anglashni taqozo etadi. Biroq, bunda yanglashning o‘zi to‘liq va yetarli emas. Bundan tashqari, ushbu prinsipdan foydalanish muloqot jarayonida ishlatiladigan nutq asarlarining mazmunidan xabardorlikni anglatadi. Va,nihoyat, ushbu fanni o‘qitishning yangi yondashuvlari nuqtai nazaridan ushbu prinsipning qo‘llanilishi o‘rganilayotgan til madaniy xususiyatlarini ona vatanining madaniyati bilan taqqoslaganda anglashni nazarda tutadi, chunki kommunikativ kompetensiyani shakllantirish chet tillarni o‘rganish va tushu nish jarayonida ishlatiladigan tilmaterialini to‘liq o‘zlashtirgandagina mumkin bo‘ladi. O‘qitishda didaktik, psixologik va metodik prinsiplar qo‘llanilishi mumkin. “Asrlar osha minglab pedagoglar taklif etga qoidalar va qarashlar didaktik (ta’limiy) prinsiplar maqomida umumlashtirildi va ilmiy asoslandi. O‘qitish tajribasidan kelib chiqadigan va turli davrlar sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan didaktik prinsiplar tizmasi yaratildi. Ularning nomlanishi va mohiyatida tafovutlar borligiga qaramay, hozirgi zamon ta’limshunosliligida mustahkam o‘rin egallagan quyidagi didaktik prin siplar aksariyat pedagog va metodistlarg ama’qul va manzur: tarbiyaviy ta’lim, onglilik, faollik, ko‘rgazmalilik, sistemalilik (izchillik), individualyondashish, (bilimlarni) puxta o‘zlashtirish, o‘quvchi kuchiga moslik kabilar. Ta’limshunoslikda ommalashgan mazkur prinsiplarning har bir o‘quv predmetid a o‘ziga xos tatbiq etilishi tabiiydir.
“Ongliylik” (Tushunarlilik) prinsipi. O‘quv fanlarining katta qismi uchun bu tamoyil oson mavzudan qiyin mavzu sari borishni nazarda tutadi. Chet tillarini o‘qitishda ushbu tamoyil o‘zgartirilgan shaklda qo‘llaniladi. Oddiy ko‘rinishda bu prinsip talabalar uchun ularning darajasidan kelib chiqqan holda o‘quv materiallarini tayyorlashdan iborat bo‘ladi. Til materiallarining taqdimotiga kelsak, ushbu prinsipdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish kutilgan natijalarga olib kelmaydi.
Yuqoridagi fikrlarni misol bilan tushuntirib beramiz. Lingvistik materialga nisbatan ushbu prinsip, masalan, o‘rganilgan lug‘at asosida yangi grammatikani izohlash va, aksincha, o‘rganilayotgan grammatik hodisalar asosida yangi lug‘at birliklarini o‘zlashtirishni talab qiladi. Ilmiylik prinsipini ko‘rib chiqamiz. Ilmiylik prinsipining asosida ta’lim oluvchilarga, zamonaviy ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslanib olingan faktlar va ma’lumotlarning yetkazilishi yotadi. Chet tillarini o‘qitish jarayonida biz tegishli til nazariyasini o‘zlashtirish maqsadini qo‘ymaymiz. Bizning vazifamiz lingvistik ongni, kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Lingvistik va pedagogik grammatika shunisi bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ilmiy prinsipni pedagogikaning zamonaviy yutuqlariga mos keladigan o‘qitish usullaridan foydalanish, shuningdek, tilga eskirgan qarashlarni jalb qilishga yo‘l qo‘ymaslik vositasida ta’lim berish sifatida tushunish lozim.
Dostları ilə paylaş: |