Тoshkent davlat transport universiteti



Yüklə 479 Kb.
səhifə1/2
tarix26.11.2023
ölçüsü479 Kb.
#135548
  1   2
humoyinni darsi


ТOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI





“Qurilish muhandisligi” fakulteti

“Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi





MUSTAQIL ISH


Mavzu: “Temirbeton ko’prik oraliq qurilmasining sinfini oshirish bo’yicha chora – tadbirlarni ishlab chiqsh ”

Bajardi: YMTY-11A guruh


talabasi Ismoilov Ulug’bek

Qabul qildi: Urazov H.


Тоshkent -2023

To’sinli temirbeton oraliq qurilmalarini kuchaytirish.


To’sinli temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish ularning normal va bosh cho’zuvchi kuchlanishlar bo’yicha ko’taruvchanlik xususiyati va yuk ko’taruvchanligini oshirish zarurati yuzasidan amalga oshiriladi . To’sinli temirbeton oraliq qurilmalarni kuchaytirish ikkita asosiy usullar bilan amalga oshiriladi:
yangi material (armatura, beton) qo’shish yo’li bilan uning ko’ndalang kesimini oshirish orqali;
statik sxemasini o’zgartirish orqali.
Kuchaytirish usulini tanlash oraliq qurilmalar elementlarining fizik holati, ularning konstruktiv amalga oshirilishi, yuk ko’taruvchanligi, ishni tashkillashtirish va ko’priklarning ekspluatatsiyasiga bog’liq.
Oraliq qurilmalarni ularning ko’ndalang kesimini kattalashtirish orqali kuchaytirish. Normal kuchlanish bo’yicha (ishchi sterjenlar korroziyasi tufayli kesimining kuchsizlanishi) yuk ko’taruvchanligini 15% gacha oshirish maqsadida kuchaytirish bosh to’sinlar belbog’larining cho’zuvchi armaturasini qo’shish orqali amalga oshiriladi (7.1-rasm).

Bosh to„sinning bosh cho„zuvchi kuchlanishlar bo„yicha oraliq qurilmalarini kuchaytirish zarurati tug„ilganda, devorlari qalinligi
tqob 5 10sm bo„lgan, ularni egilgan sterjen va xomutlar bilan armaturalab, temirbeton qobiqlar ichiga olinadi (7.2-rasm). Qobiq xomutlari yuqoriga ballast korita plitasi armaturasiga payvandlanadi.

7.2-rasm. Oraliq qurilma bosh to„sinini temirbetonli qobiq bilan kuchaytirish:
1 - kuchaytirishgacha bosh to„sin; 2 - temirbetonli qobiq; b - bosh to„sin eni; tqob - qobiq qalinligi

Armaturaning ostki asosiy qo’shiladigan sterjenlari mavjudiga payvandlanadi. Betonlash qolipda amalga oshiriladi . Qoshimcha armatura karkasini o’rnatish murakkabligi va sermehnatligi, uni mavjud armatura bilan kuchsiz bog’lanishi to’sinlarni kuchaytirishdagi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.


Oraliq qurilmalar bosh to’sinini kuchaytirish bo’yicha asosiy ishlar quyidagilardan iborat: beton himoya qatlamini sindirib olish va ishchi sterjenlar ostki qatoridagi mavjud armatura diametrining yarmigacha ochish; eski armaturani tozalash; uzunligi 10-20mm li qisqa armatura yordamida kuchaytirish armaturasini payvanlash; qolipni o’rnatish; betonlash.
Bundan tashqari, bosh to’sin betonining olib tashlangan himoya qatlami torkretlab tiklanadi. To’sinli temirbeton oraliq qurilmalarning yuk ko’taruvchanligini ancha oshirish (15-35% gacha) maqsadida kuchaytirish bo’ylama va ko’ndalang sterjenlar, hamda qisqa xomutlar tashkil topgan qo’shimcha armaturali karkasni payvandlash orqali amalga oshiriladi
(7.2, d rasm). Ish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi :

  • armaturali karkasni tayyorlash va beton qatlamini olib tashlash;

  • karkaslarni mavjud armaturaga payvandlash;

  • eski betonni yangi qatlam bilan tishlashishini oshirish uchun

polimersementli yoki epoksid-tiokolli qatlam bilan to’ldirish;

  • qolipni o’rnatish;

  • sinfi V30 dan kam bo’lmagan beton bilan betonlash.

Oraliq qurilmalarning statik sxemasini o’zgartirish orqali kuchaytirish.
Temirbeton oraliq qurilmalar uchun ularning statik sxemasini o„zgartirishda kuchaytirishgacha va undan keyin ham ichki kuchlar ekspluatatsion epyurasi ishoralarining mos tushishini ta‟minlash zarur . Barcha ma’lum yechimlardan bunga eng ko’p sxemasi quyida 7.3-rasmda keltirilgan kuchaytirishning shprengelli konstruksiyalari javob beradi.
Shprengellar, qoidaga ko’ra, har bir to’sin qovurg’asining ikki tomonidan uning bo’ylama o’qiga simmetrik ravishda parallel tekisliklarda o’rnatiladigan ikki tarmoqdan shakllantiriladi. Ularni tayyorlash uchun yuqori mustahkamli simlar, tutam qilib yig’ilgan yoki zavodda tayyorlangan eshilgan po’lat troslar, hamda yuqori mustahkamli armaturadan tashkil topgan kabeldan foydalaniladi. To’sinlarni samarali yukdan bo’shatish maqsadida shprengellarni odatda oldindan zo’riqtirishadi, buning uchun oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda qo’llaniladigan ankerli mustahkamlagich va asbob-uskunalardan 287 foydalaniladi. Zarurat tug’ilganda shprengellar domkratlar yordamida vertikal tekislikda ularni cho’zib yoki shprengel belbog’i va to’sinning ostki belbog’i orasiga tirgaklar o’rnatib zo’riqtirilishi mumkin .


Yüklə 479 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin