Toshkent davlat transport universiteti


Stantsiyaning sxematik rejasi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/7
tarix26.06.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#117255
1   2   3   4   5   6   7
Turg’unov A AB-226

Stantsiyaning sxematik rejasi

Stantsiyaning sxematik rejasi bir yulli chizmada masshtabsiz ko’rsatilgan. Stantsiya ikki yo’nalishda toq va juft harakatlanish ega, peregondan stantsiyaga va peregonga yo’naltirilgan asosiy yo’llar, maxsuslashtirilgan va nomsiz (obezlichenno’e) yo’llar, maxsuslashtirilgan yo’llardan faqat bir yo’nalishda harakatlanish, nomsiz yo’llardan ikkala yo’nalishda harakatlanish mumkin.


Stantsiya poezdlarni qabul qilish, o’tkazish va jo’natishga, yo’lovchilarni chiqishiga va tushishiga, yuklarni ortish va tushirishga mo’ljallangan.
Shuningdek, stantsiya rejasida izolyatsiyalovchi tutashmalarni, svetoforlarni, strelkalarni, yo’llar elektrifikatsiyasini, rele va batareya shkaflarini, yo’lovchilar binolari, ETs posti, yo’llar raqamlanishi, chegaraviy ustunchalar va nazoratlanuvchi barcha harakat ob’ektlari sxematik ravishda ko’rsatiladi.
Kurs ishi topshirig’ida yarim stansiya berilgan bo’lib, yani u stansiyani juft (Ch) tomonidir. Stansiyani jixozlashda 14 ta svetofor: kirish svetoforlari Ч va ЧД, chiqish svetoforlari НI, HII, H3, H4, H5 va H6, manevr svetoforlari M2, M4, M6, M8, M10, M12, M14 dan foydalanildi. Stansiyada IP, IIP, 3P, 4P, 5P,6P yo’llar va 2/4, 6/8, 10/12,14, 16, 18, 20/22, 24/26 strelkalar mavjud.
Temir yo’l transportida signalizatsiya harakat tarkibi harakatlanishida xavsizlikni ta’minash uchun va aniq uchastkada poezd harakatlanayotgan tezligida harakatni davom ettirish lozimligi, tezlikni kamaytirib, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishi yoki butunlay to’xtashi lozimligi ko’rsatishi uchun mo’ljallangan. Shunga muvofiq poezdga berilayotgan signallar ham uch xil belgida bo’ladi: “yo’l ochiq”, “ehtiyotkorlik bilan davom ettirilsin” va “to’xta”.
Belgilarning ko’rinishi va ma’nosi:
Agar peregondagi uchbelgili svetoforda:
• yashil chiroq - «poezdga o’rnatilgan tezlikda davom etishiga ruxsat beriladi, keyingi svetofor ochiq»;
• sariq chiroq - «poezdga to’xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor yopiq»;
• bitta qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
Agar besh belgili kirish svetoforida:
• bir yashil chiroq - «poezdga bekatga asosiy yo’ldan o’rnatilgan tezlikda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»;
• bir sariq yonib-o’chuvchi chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan o’rnatilgan tezlikda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq va undan pasaytirilgan tezlikda o’tish talab etiladi»;
• bir sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga asosiy yo’ldan to’xtashga tayyor holda harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) yopiq»;
ikki sariq chiroq, ulardan tepadagisi yonib-o’chuvchi - «poezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) ochiq»;
• ikki sariq chiroq - «poezdga stantsiyaga pasaytirilgan tezlikda, to’xtashga tayyor holda yon yo’ldan harakatlanish ruxsat etiladi, keyingi svetofor (yo’nalishli yoki chiqish) yopiq»;
• bir qizil chiroq - «To’xta! Signaldan o’tish taqiqlanadi».
Taklif qiluvchi signal - oq (lunno-belo’y) yonib-o’chuvchi signal – kirish va chiqish svetoforlarida qo’llaniladi (guruhlardan tashqari). Ushbu signal poezdga qizil chiroqli (yoki o’chirilgan) svetofordan keyinga svetoforgacha (yoki chiqish svetofori bo’lmagan yo’lga qabul qilinayotgan bo’lsa chegaraviy ustungacha) o’tishga 20 km/soat tezlikda ogohlikda va harakatga to’sqinlik uchraganda zudlik bilan to’xtashga tayyor holda xarakatlanishga ruxsat beriladi.


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin