Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə16/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Yordamchi funksiya – jinoyat ishlari yurituvida haqiqatni aniqlashga ko‘maklashuvchi ishtirokchilarning faoliyatidan iborat bo‘lib, ular ikki guruhga bo‘linadi: 1) daliliy ahamiyatga ega ma’lumotlar manbalari bo‘lgan shaxslar (guvoh va ekspert). Bu shaxslar isbot qilish jarayonida faol ishtirok etib, aynan ular tomonidan beriladigan daliliy ahamiyatga molik ma’lumotlar ishning hal qilinishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 2) dalillarni qayd qilish va mustahkamlashda ko‘maklashuvchi shaxslar (mutaxassis, tarjimon, xolis). Bu toifadagi shaxslar esa jinoyat hodisasi bo‘yicha obyektiv faktik ma’lumotlar manbalari bo‘lmasalar-da, jinoyat protsessida texnik-tashkiliy yordam ko‘rsatadilar.
Jinoyat-protsessual_shakl_va_jinoyat-protsessual_kafolatlar____Jinoyat_protsessual_shakl'>1.3. Jinoyat-protsessual shakl va jinoyat-protsessual kafolatlar



Jinoyat protsessual shakl – jinoyat-protsessual harakatlarni amalga oshirish shartlari, ketma-ketligi va izchilligi, ularni rasmiylashtirish tartibini aniq va batafsil tartibga soluvchi, ya’ni muayyan jinoyat protsessual munosabatlarni yuzaga keltirish, o‘zgartirish yoki tugatishning qat’iy shartlaridan iborat.


Jinoyat-protsessual huquqi jinoyat-protsessual shakl va jinoyat-protsessual kafolatlar tushunchalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jinoyat-protsessual shaklning ahamiyati jinoyat ishini qo‘zg‘atishdan boshlab to jinoyat ishi yurituvini tamomlashgacha bo‘lgan barcha protsessual hujjatlar shakli qonun bilan mustahkamlanganligida ham namoyon bo‘ladi. Masalan, hukm – uni tuzish va bayon qilish shakli yuzasidan qonun bilan batafsil tartibga solingan odil sudlov aktidir.


Protsessual shakl – nihoyatda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, adolatli jinoyat ish yurituvining muhim kafolati hisoblanadi.
Jinoyat protsessual shakl o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  1. Yaxlitlik – jinoyat protsessning bosqichlarida harakatlanishida barcha jinoyat ishlari uchun majburiy bo‘lgan yagona protsessual tartibi mavjud bo‘lib (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari), O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 1-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat ishlarini yuritish tartibi Jinoyat-protsessual kodeksi bilan belgilanadi.


  2. Yüklə 1 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin