Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi



Yüklə 1 Mb.
səhifə172/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi deyilganda, ayblanuvchining istiqomat joyi, o‘qiydigan yoxud mehnat qiladigan jamoa yoki u a’zo bo‘lgan kasaba uyushmasi va boshqa birlashmalarning kafilligi tushuniladi.



Jamoat birlashmasi yoki jamoaning yig‘ilishida kafillik masalasini sinchiklab ko‘rib chiqishni taminlash mumkin. Shu sababdan qonun kafillikni amalga oshiradigan subyektlarning ro‘yxatini belgilarkan, jamoat birlashmalari va jamoalarning saylab qo‘yiladigan organlarini nazarda tutmaydi. Kafillik masalasini jamoat birlashmasi yoxud jamoa ma’muriyati jamoa bilan maslahatlashmagan holda ko‘rib chiqishi odil sudlovning manfaatlariga mos kelmaydi. Shu sababli tergovchi (sud) kafillik yoki undan voz kechish masalasini qayta ko‘rib chiqish uchun jamoat birlashmasi yoki jamoaning umumiy yig‘ilishini chaqirilishini talab qilishga haqlidir. Kafillikka berilayotgan shaxs jamoat birlashmasi yoki jamoaning yig‘ilishida qatnashishi maqsadga muvofiq. Ba’zan yig‘ilishda mazkur ishni yuritayotgan tergovchi so‘zga chiqadi. Agar kafillik to‘g‘risida asoslangan qaror chiqarish uchun zarur bo‘lsa, jamoat birlashmasi yoki jamoaga o‘z vakili orqali ish materiallari bilan tanishish huquqi berilishi kerak. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga umumiy yig‘ilish o‘tkazilgani, unda ishtirok etganlar soni, so‘zga chiqqanlarning mulohazalari va ovoz berish natijalari ko‘rsatilgan holda yig‘ilish raisi va kotibi tomonidan imzolangan bayonnoma va shaxsning tegishlicha xulq-atvoriga kafilligi to‘g‘risida birlashma yoki jamoaning yozma majburiyati yuborilishi zarur.
Birlashma yoki jamoaning iltimosi surishtiruvchi yoki tergovchi (sud) uchun majburiy emas, kafillikka berish to‘g‘risidagi iltimos rad qilinishi mumkin. Shuningdek, shaxs uchun kafil bo‘lishni xohlamagan, birlashma yoki jamoaga kafillikni zo‘rlab o‘tkazish mumkin emas. Birlashma yoki jamoa faqat o‘z a’zolari uchun kafil bo‘lishi mumkin, o‘zi bilmaydigan va xulq-atvorini nazorat qilmaydigan shaxs uchun kafil bo‘la olmaydi.
Jamoat kafilligining xarakterli xususiyati – ayblanuvchi (sudlanuvchi)ning tegishlicha bo‘lmagan xulq-atvori uchun kafilning huquqiy javobgarligi mavjud emasligidir. Biroq bu narsa uni samarasiz qilmaydi. Shaxs uchun jamoaning ishonchi shaxsiy kafillikdan ko‘ra ancha qimmatlidir. Jamoaga pand bermaslik, uning ishonchini oqlash xohishi kafillikka beriluvchining tegishlicha xulq-atvorining jiddiy omili bo‘lib xizmat qiladi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin