Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Jinoyat protsessi va sud tibbiyoti



Yüklə 1 Mb.
səhifə20/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Jinoyat protsessi va sud tibbiyoti. Mazmuni huquqiy amaliyotda vujudga keladigan tibbiy va biologik tusdagi masalalarni o‘rganish hamda ishlab chiqishni tashkil etadigan tibbiyot sohasi sud tibbiyoti deb ataladi. Jinoyat ishlarini yuritish amaliyotida hal qilinishi sud tibbiyotining maxsus bilimlarini talab etadigan masalalarga ko‘p uchraydi. Masalan, o‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og‘irlik darajasini aniqlash zarurati yuzaga keladi.
Bu hamda boshqa shunga o‘xshash ko‘pgina savollarga faqat sud tibbiyoti sohasida bilimga ega shifokor malakali javob berishi mumkin bo‘lib, u jinoyat ishlarini sudda ko‘rishda ishtirok etish uchun ekspert, ayrim hollarda esa mutaxassis sifatida jalb etiladi.
Ekspert yoki mutaxassis sifatida shifokorni chaqirish zarurati to‘g‘risidagi masalani malakali hal qilish, shuningdek tegishli xulosani (yoki tushuntirishni) to‘g‘ri baholashni o‘rganish yuridik kadrlarni tayyorlash hajmiga kiradigan sud tibbiyoti asoslarini bilishni nazarda tutadi.
Jinoyat protsessi va sud psixiatriyasi. Jinoyat ishini tergov qilish va ko‘rib chiqish chog‘ida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ruhiy holati to‘g‘risidagi masala hamda, binobarin, uning jinoiy javobgarligi mumkinligi to‘g‘risidagi, jabrlanuvchining, guvohning ruhiy va jismoniy ahvoli to‘g‘risidagi masala, shuningdek ularning ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni to‘g‘ri qabul qilish va qayta aks ettirishga qodirligi to‘g‘risidagi masala va boshqa masalalar kelib chiqishi mumkin. Jinoyat ishlarini sudda ko‘rishda sud-psixiatriya, shuningdek sud-tibbiy xususiyatdagi masalalarning kelib chiqishi ekspert yoki mutaxassislar yordamidan foydalanish zaruratini keltirib chiqarishi mumkin.
Jinoyat protsessi va sud psixologiyasi. Umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi sifatida sud psixologiyasining predmeti jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida inson ruhiyati qonuniyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Sud psixologiyasi bilimlaridan jinoyatlarni ochish uchun ayrim tergov va sud harakatlarini o‘tkazish bo‘yicha taktik tavsiyanomalarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Psixologiya sohasidagi maxsus bilimlardan sud-psixologiya ekspertizasini o‘tkazishda, xususan, shaxsning individual xususiyatlari va ahvolini aniqlash uchun foydalaniladi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin