Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


AYBINI BO‘YNIGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI ARZ



Yüklə 1 Mb.
səhifə209/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

AYBINI BO‘YNIGA OLISH TO‘G‘RISIDAGI ARZ – ariza beruvchining o‘zi sodir etgan jinoyati to‘g‘risida u shu jinoyatni sodir etishda gumon qilinmasdan va unga ayblov e’lon qilinmasdan oldin bergan xabari.



AYBLANUVCHI – Jinoyat protsessual kodeksida belgilangan tartibda ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi haqida qaror chiqarilgan shaxs.

AYBLANUVCHINING QAYERDA EKANLIGI NOMA’LUMLIGI – jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchining qayerdaligi haqida surishtiruvchi, tergovchi muayyan ma’lumotga ega emasligidir (Jinoyat-protsessual kodeksining 364-moddasi birinchi qismi 2-bandiga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxs aniq, biroq uning qayerda ekanligi noma’lum va ayni vaqtda ayblanuvchi o‘zining qidirilayotganidan bexabar. Bunday holatda ayblanuvchi yashash joyini va ish joyini o‘zgartirgan bo‘lishi yoki uzoq safarga ketgan bo‘lishi ham mumkin).

AYBLANUVCHINING YASHIRINGANLIGI – jinoyat ishi yuzasidan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqida surishtiruvchi, tergovchi, muayyan ma’lumotga (ya’ni, uning qayerda turishi, uy, ish manzili haqidagi ma’lumotlar) ega, biroq ayblanuvchi o‘zining qidirilayotganligini bilib, qasddan qochishga qilingan harakatidir (Jinoyat-protsessual kodeksi 399-moddasi ikkinchi qismi, 420-moddasi
birinchi qismlarida ayblanuvchining suddan yashirinishga qilingan qasddan harakati tushuniladi).

AYBLOV – ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish to‘g‘risidagi yuqori instansiya sudlarining qarorida, ayblov xulosasida, ayblov hukmida, ayblovga oid boshqa qarorlarida nazarda tutilgan ayblov xulosasi bandining mazmuni.

AYBLOV (JINOIY TA’QIB) FUNKSIYASI – bu jinoyat protsessi subyektlarining jinoyat sodir etgan shaxsni fosh etish, uning aybini, shuningdek jinoiy javobgarlikka oid boshqa holatlarni aniqlashga qaratilgan faoliyati. Uni prokuror, jamoat ayblovchisi, jabrlanuvchi va uning vakillari amalga oshiradi. Ayblov funksiyasi aniq shaxsga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish, shaxsni jinoyat sodir etganligini fosh etish, gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan protsessual majburlov choralarini qo‘llash, jinoyat sodir etishga gumonni shakllantirish, ayblovni e’lon qilish, davlat ayblovini sudda qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi.

AYBLOV XULOSASI – sodir etilgan jinoyat holatlari, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish maqsadida jinoyat ishlarini sudga jo‘natish uchun to‘plangan dalillar yetarliligi to‘g‘risidagi tergovchining xulosasi bayon etilgan dastlabki tergovni tamomlashda tuziladigan protsessual hujjat.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin