Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə219/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

EHTIYOT CHORASI ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish; uning bundan buyongi jinoiy faoliyatining oldini olish; uning ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga xalal beradigan urinishlariga yo‘l qo‘ymaslik; hukmning ijro etilishini taminlash maqsadida qo‘llaniladi.

EHTIYOT CHORASI SIFATIDA QAMOQQA OLISH – jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha qo‘llaniladi.

EKSPERTIZA – (lotincha expertus – tajribali, tajribadan biluvchi) mutaxassis yoki mutaxassislar guruhi tomonidan u yoki bu sohada malakali yechim talab qilinadigan masalalarni o‘rganish.

EKSPERT – xulosa berish uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaxs.

EKSPERT XULOSASI – sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tomonidan tuziladigan va sud-ekspert tekshirishlarining olib borilishini va natijalarini aks ettiradigan yozma hujjatdir.

EKSPERT XULOSASINI BAHOLASH – ekspert xulosasi surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tomonidan ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan birgalikda uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o‘tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtayi nazaridan baholanadi.

EKSPERTIZA OBYEKTI – o‘zida daliliy ma’lumot saqlovchi, ekspertga tadqiqot uchun yuboriladigan predmetdir.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin