Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


JINOYAT ISHINI BIRLASHTIRISH VA AJRATISH



Yüklə 1 Mb.
səhifə230/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

JINOYAT ISHINI BIRLASHTIRISH VA AJRATISH – bitta tergov yoki sud ish yurituviga bir necha shaxsning bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar yoxud bir shaxsning bir necha jinoyatni sodir etganlikda ayblanishiga doir ishlar birlashtirilishiga; bir yoki bir necha jinoyatni birgalashib sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga nisbatan ishni ajratish (bu ish holatlari bo‘yicha zarur bo‘lib qolsa hamda bunday ajratish surishtiruv, dastlabki tergov va sud tomonidan ishni ko‘rib chiqishning to‘liq va xolisona bo‘lishiga ta’sir qilmasa, yo‘l qo‘yiladi).

JINOYAT ISHINI QO‘ZG‘ATISH – jinoyat belgilarini ko‘rsatuvchi, protsessual qonunchilik bilan belgilangan manbadan olingan ma’lumotga surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning nazorat ta’sir hujjati.

JINOYAT ISHINI SUDDA KO‘RISH UCHUN TAYINLASH – jinoyat protsessining muhim bosqichi bo‘lib, unda sudya yakka tartibda shaxsning ayblilik masalasini hal qilmay turib jinoyat ishi materiallarini tekshirish natijasida ishni sud muhokamasida mazmunan ko‘rib chiqish uchun yetarli faktik va yuridik asoslar mavjudligi yoki yo‘qligi masalasini hal etadi.

JINOYAT ISHLARI YURITILADIGAN TIL – jinoyat ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan yoki yetarli darajada tushunmaydigan protsess ishtirokchilariga Konstitutsiya va protsessual qonunchilik tomonidan tarjimon xizmatidan foydalanish kafolatlanadi.

JINOYAT ISHLARINING SUDLOVGA TEGISHLILIGI – sud organlariga tegishli bo‘lgan jinoyat ishlarining mazmuniga ko‘ra, sud instansiyalari o‘rtasida taqsimlanishi, shuningdek hududiy va shaxsga ko‘ra mazkur jinoyat ishining aynan qaysi sudga taalluqliligi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin