Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə242/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

PROKUROR TAQDIMNOMASI – prokuror nazorati hujjatlaridan biri. Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomani qonun buzilishi holatini bartaraf etish vakolatiga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi.

PROKUROR TALABLARINING BAJARILISHINI MAJBURIYLIGI prokurorning hujjatlar, materiallar va boshqa ma’lumotlarni taqdim etish, taftish, tekshirishlar o‘tkazish, mutaxassis ajratish, prokuraturaga kelish va aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish, qonunbuzarliklarni, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shuningdek qonunga rioya etish to‘g‘risidagi o‘z vakolatlari doirasida qo‘yayotgan talablarini bajarish barcha fuqarolar va yuridik shaxslar uchun majburiydir.

PROKURORNING SUDDAGI ISHTIROKI fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini taminlash maqsadida barcha instansiya sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi.Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi xususida o‘z fikrini bildiradi. Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual qonunlar bilan belgilanadi. Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib, sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonun hujjatlari normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga amal qilishi shart.

PROTSESSUAL MUDDATLAR – jinoyat protsessida protsessual harakat yoki qarorlarni qabul qilishning, shuningdek jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini amalga oshirish yoki bajarishdan tiyilishning jinoyat-protsessual qonunchilikda ko‘rsatilgan yoki unga asoslangan holda jinoyat ishini yuritishga mas’ul shaxslar tomonidan belgilangan muddatlari.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin