Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


SUD TERGOVINI QAYTA BOSHLASH



Yüklə 1 Mb.
səhifə247/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

SUD TERGOVINI QAYTA BOSHLASH – taraflar muzokara nutqlarida yoki sudlanuvchi oxirgi so‘zida ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi holatlar to‘g‘risida gapirsa yoki muqaddam tekshirilmagan, lekin ishga aloqador dalillarni keltirsa, sud taraflarning iltimosi yoki o‘z tashabbusi bilan sud tergovini yangidan boshlashidan iborat.

SUD HAY’ATI – jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda Jinoyat kodeksi 15-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlardan tashqari ishlar hay’atda ko‘riladi. Ish birinchi instansiya sudi tomonidan hay’atda ko‘rilganda sud tarkibiga sudya va ikki nafar xalq maslahatchisi kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi ishlarni uch nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqadi. Tegishli sud hay’atlarida apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ishlarni ko‘rish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining hukmlariga apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining tegishli sudlov hay’atlarida besh nafar sudyadan iborat tarkibda ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Rayosati rayosat a’zolarining ko‘pchiligi hozir bo‘lgandagina ko‘rib chiqadi.

SUD HUJJATLARI – bu sudda ishlarni ko‘rib, sud tomonidan chiqargan protsessual hujjatlar.

SUD HUJJATLARINING MAJBURIYLIGI – sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.

SUD XULOSALARI – sudning ishlar mazmunan ko‘rib chiqqanidan so‘ng o‘z hukmida bayon qiladigan xulosalari.

SUD EKSPERTI – xulosa berish uchun fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaxs.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin