Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


SUDYALARNING INTIZOMIY JAVOBGARLIGI



Yüklə 1 Mb.
səhifə251/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

SUDYALARNING INTIZOMIY JAVOBGARLIGI – sudya odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun; sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etganlik uchun; sudyalar odob-axloqi qoidalarini buzganligi uchun faqat sudyalar malaka hay’atining qaroriga ko‘ra intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi.

SUDYANING ALOHIDA FIKRI – maslahatxonada sud tomonidan masalalar hal qilinayotganda ozchilik tomonida qolgan sudya o‘zining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli, uning bu fikri ishga qo‘shib qo‘yiladi, biroq e’lon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydi.

SUDYANING VAKOLATLARI – sudya yakka o‘zi yoki sud tarkibida ish tutib, Jinoyat-protsessual kodeksining 29-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, sudya ishni sud muhokamasiga tayyorlash bilan bog‘liq harakatlarni bajaradi, sud majlisida raislik qiladi va Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradi.

SURISHTIRUV – jinoyat-protsessual qonuni bilan maxsus vakolatli bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning jinoyatlarni ochish, oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini yuritish faoliyati hisoblanadi.

SURISHTIRUVCHI – Jinoyat-protsessual kodeksining 38-moddasida ko‘rsatilgan surishtiruv organlarida surishtiruvchi (surishtiruv organining rahbari) lavozimida xizmat qiladigan mansabdor shaxs.



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin