TARAFLAR MUZOKARASI – sud tergovida tekshirilgan dalillarga tayanib, sudlanuvchining aybliligi yoki aybli emasligi to‘g‘risidagi xulosani asoslantirishga qaratilgan taraflarning himoya yoki ayblov nutqlari.
TARJIMON – 1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoxud ularning vakillari, guvoh, ekspert, mutaxassis ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarli darajada bilmasa yoinki kar yoki soqov bo‘lsa; 2) biror matnni boshqa tildan tarjima qilishga zarurat bo‘lsa tarjimon chaqiriladi.
|
TEZKOR-QIDIRUV FAOLIYATI – inson va fuqarolarning huquq va manfaatlari, hayoti, sog‘lig‘i, mulki, davlat va jamiyati xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari orqali (ochiq va yashirin) amalga oshiriladigan faoliyat turi.
|
TERGOV BO‘LIMI BOSHLIG‘I – jinoyatlarni ochish va ularning oldini olish yuzasidan tergovchilarning o‘z vaqtida harakat qilishini nazorat qiluvchi, jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni to‘la, har tomonlama va xolisona olib borish choralarini ko‘rishga vakolatli mansabdor shaxs.
|
TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV – jinoyat haqidagi ariza yoki xabar yuzasidan sodir etilgan (tayyorgarlik ko‘rilgan) qilmishning jinoiyligi, ijtimoiy xavfliligi, huquqqa xilofligi va jazoga sazovorligi haqida masalani tekshirishga qaratilgan harakatlar majmui.
|
TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV DAVOMIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLAR – qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazilishi mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi.
|
|
Dostları ilə paylaş: |