Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


VOYAGA YETMAGAN SHAXSNI G‘AYRIIJTIMOIY XATTI-HARAKATLARGA JALB ETISH



Yüklə 1 Mb.
səhifə257/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

VOYAGA YETMAGAN SHAXSNI G‘AYRIIJTIMOIY XATTI-HARAKATLARGA JALB ETISH – voyaga yetmagan shaxsni tilamchilik qilishga, spirtli ichimliklar iste’mol qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop hisoblanmaydigan, lekin kishining aql-idrokiga ta’sir qiladigan vosita va moddalarni iste’mol etishga jalb qilish.

VOYAGA YETMAGANLARNING JINOYATLARI HAQIDAGI ISHLARNI YURITISH – voyaga yetmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasini olib borishdan iborat alohida ish yurituv tartibi.



VOYAGA YETMAGANLARNING ISHLARI BO‘YICHA ISBOTLANISHI LOZIM BO‘LGAN HOLATLAR – dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha, Jinoyat-protsessual kodeksining 82, 84-moddalarida ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim:
1) voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni);
2) voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati;
3) uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;
4) katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi.

VOYAGA YETMAGANLARNING QONUNIY VAKILI – voyaga yetmaganning jinoyatlari haqidagi ishni yuritishda qonuniy qatnashayotgan vakil. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga surishtiruvchi yoki tergovchining qarori bo‘yicha voyaga yetmagan shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida birinchi so‘roq qilish paytidan boshlab yo‘l qo‘yiladi. Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilganda, unga Jinoyat-protsessual kodeksining 61-moddasida nazarda tutilgan huquqlar tushuntiriladi.


X


XOLISLAR – ishning oqibatidan manfaatdor bo‘lmagan, voyaga yetgan jinoyat ishi yurituvi ishtirokchisi.

XUSUSIY AJRIM – jinoyatlar sabablarini va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf qilish to‘g‘risida sud tomonidan chiqariladigan protsessual hujjat.

XUSUSIY AYBLOV – jinoyat ishining qo‘zg‘atilishi va tegishli davlat ayblovi chora-tadbirlarining amalga oshirilishi uchun jabrlanuvchi arizasigina asos bo‘ladigan holatlar. Jabrlanuvchi ariza bermagan hollarda jinoyat ishini qo‘zg‘atish mumkin emas, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari esa tugatilishi kerak.



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin