Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


I BOB. JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUN HUJJATLARI



Yüklə 1 Mb.
səhifə7/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

I BOB. JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI. JINOYAT-PROTSESSUAL QONUN HUJJATLARI


(mualliflar – yuridik fanlar doktori, professor B.X.Pulatov,
yuridik fanlar nomzodi, dotsent S.M.Sahaddinov)


Annotatsiya: Mazkur mavzuni talabalar tomonidan o‘rganilishi O‘zbekiston Respublikasida jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi, mohiyati, vazifalari va manbalarini aniqlab olish, shuningdek fuqarolar uchun yagona va majburiy bo‘lgan jinoyat ishlari yuritish tartibi, uning vaqt va hudud bo‘yicha hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan amal qilishi tartib qoidalarini bilish imkonini beradi.

1.1. Jinoyat-protsessual huquqi tushunchasi va ahamiyati
“Protsess” so‘zi lotincha “procedere” – olg‘a siljish; “processus” – harakat, rivojlanayotgan, ishlab chiqarish ma’nolarini anglatadi.
Jinoyat protsessi davlatning huquqni qo‘llash bo‘yicha faoliyatining turi hisoblanib, bunday faoliyatga zaruriyat jinoyat sodir etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan taqdirdagina yuzaga keladi.
Shu sababli jinoyatlarni aniqlash, ularning sodir bo‘lish holatlarini tergov qilish, aybdor shaxslarni fosh etish va adolatli jazoga tortish davlatning vazifalariga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 121-moddasi.

Jinoyat ishlarining aksariyati (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasida nazarda tutilgan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari bundan mustasno) alohida shaxslarning xohishidan qat’iy nazar qo‘zg‘atiladi.




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin