Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə91/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Isbotlash jarayoni – jinoyat protsessual qonun asosida haqiqatni aniqlash va jinoyat ishini to‘g‘ri hal qilish uchun obyektiv voqelikning faktlarini dalillar yordamida isbotlash, bilish va hujjatli qayd etish bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatdir.



Isbot qilish jarayonini faktik ma’lumotlarni mexanik tarzda to‘plash deb, tushunmaslik lozim, zero isbot qilish – bu har qanday emas, balki aynan muayyan jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan faktlarni maqsadli qidirish, ularni oqilona anglash va protsessual qayd etishdir.


Bu kategoriyani tadqiq etishda ta’kidlash zarurki, isbot qilish faqat tafakkur faoliyatigagina emas, balki ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashga qaratilgan amaliy harakatlardan tashkil topgan bo‘lib, jinoyat ishi bo‘yicha yakuniy qarorni asoslash bilan tugallanadi.
Isbot qilish jarayoni elementlarini yoritmay, bu ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlash bo‘yicha vakolatli shaxslarning qonunda ko‘zda tutilgan faoliyati ekanligi bayon etilgan soddalashgan ta’riflar ham mavjud.
Isbotlash jarayoni murakkab ichki tuzilmaga ega bo‘lib, u
3 darajada namoyon bo‘ladi: axborot, mantiqiy va yuridik.
Axborot darajasida isbot qilish muayyan dalillarni to‘plash tekshirish va baholashdan iborat. Isbot qilishning bu kabi ko‘rinishida isbot qilish subyekti daliliy ma’lumot manbasi bilan bevosita munosabatga kirishadi va buning natijasida jinoyat ishi bo‘yicha dalillar majmui shakllanadi. Mantiqiy isbotlash – bu ish bo‘yicha to‘plangan dalillar majmuiga baho berish orqali aniqlanayotgan faktlar yuzasidan xulosalarni asoslantirish demakdir. Mantiqiy isbotlashga misol qilib, Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasi 1-qismini keltirish mumkin, unga binoan “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi”. Mantiqiy darajada isbot qilish protsessual hujjatlarda (ayblov xulosasi, hukm), iltimosnomalar va raddiyalarda asoslantirish orqali namoyon bo‘ladi. Isbot qilishning yuridik darajasida axborot va mantiqiy isbot qilishning samarsiz natijalarini inobatga olgan holda isbot qilish subyekti tomonidan prezumpsiya va preyuditsiyalar qo‘llaniladi. Xususan, aybsizlik prezumpsiyasiga binoan isbotlanmagan ayb isbotlangan aybsizlikka tenglashtiriladi.
Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, sud o‘z vakolatlari doirasida isbotlashni amalga oshiradilar. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari isbotlashda ishtirok etish huquqiga ega.
Dalillarni to‘plash va tekshirishda ishtirok etishga ekspertlar, mutaxassislar, xolislar va boshqa shaxslar jalb etilib, ular qonunda belgilangan muayyan protsessual majburiyatlarni bajaradilar. Dalillarni to‘plash va tekshirish: so‘roq qilish, yuzlashtirish, tanib olish uchun ko‘rsatish, olib qo‘yish, tintuv, ko‘zdan kechirish, eksperimentlar, ekspertizalar hamda Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan boshqa tergov va sud harakatlarini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin