Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə145/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

Ushbu holatda tergovchi tomonidan qanday tergov harakati o‘tkazilgan va qanday faoliyat olib borilgan? Tergovchi ushbu holatda dalillarni qanday tekshirib ko‘radi?
2-kazus
Bosqinchilik jinoyatini sodir etishda gumon qilinayotgan fuqaro Erkayevni fuqaro Soliyevning xonadonida yashiringanligi hamda jinoyat qurollari ham shu joyda ekanligi haqida yetarli ma’lumotlarga asoslangan tergovchi, uning xonadonida tintuv o‘tkazish haqida qaror chiqaradi va uni o‘tkazishga prokurordan ruxsat oladi.
Soliyevning xonadonida tintuv o‘tkazilayotgan paytda uyga noma’lum erkak kishi kirib keladi va ichki ishlar idoralari xodimlarini ko‘rib tezda qaytib ketishga harakat qiladi. Tergovchi ushbu kishini qaytarib, undan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ko‘rsatishni talab qiladi, ushbu shaxs o‘zini Soliyevning qo‘shnisi Po‘latovman, deb tanishtiradi va yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qligi, pasportini esa uyda saqlashini aytadi. Tergovchi uning Soliyevga qandaydir imo-ishora qilishga harakat qilayotganligini ko‘rgach, uning yonida ishga taalluqli narsalar bo‘lishi mumkin deb tusmol qilib, Po‘latovni shaxsiy tintuv qiladi, ammo uning yonidan hech narsa topilmagach, tergovchi unga ketish uchun ruxsat beradi.
Ertasi kuni Po‘latov tergovchining ushbu harakatlarini noqonuniy deb hisoblab, unga nisbatan chora ko‘rishlarini so‘rab, prokurorga shikoyat arizasi bilan murojaat qiladi.
Ushbu arizaga prokuror nomidan protsessual tartibda javob tayyorlang. Agar Po‘latovning o‘rniga Soliyevning xonadoniga notanish ayol kishi kirib kelgan va ayol kishiga nisbatan ham shaxsiy tintuv o‘tkazilgan bo‘lsa, masalaning yechimi o‘zgaradimi?

VIII BOB. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI
(Muallif – yuridik fanlar doktori, prof. G.Z.To‘laganova)


Annotatsiya: talabalar tomonidan mavzuning o‘rganilishi majburlov tushunchasi, mohiyati va vazifalari, protsessual majburlov choralarining turlari, jinoyat protsessida shaxs huquqlarini cheklash asoslari va chegaralari, ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimdan chetlashtirish, majburiy keltirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash, surishtiruvda, dastlabki tergovda va sudda protsessual majburiyatlarni hamda tartibni buzganligi uchun javobgarlik to‘g‘risida atroflicha ma’lumot olishga imkon beradi.



Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin