O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2016-yil 27-dekabrdagi “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 26-sonli qarorini tahlil qilib bering.
2. Ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning da’voni tan olganligi, shuningdek fuqaroviy da’vogar va fuqaroviy javobgarning o‘zaro kelishuvi fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritishning tugatilishiga olib kelmaydi va surishtiruvchini, tergovchini, prokurorni fuqaroviy da’voga doir holatlarni sinchkovlik bilan, to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirish, sudni esa fuqaroviy da’voni ko‘rish va hal qilish majburiyatidan ozod etmaydi. Jinoyat sodir etish natijasida yetkazilgan zarar va fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish masalasini tahlil qiling.
1-kazus
“Zarafshan” restoranida Marupov spirtli ichimliklar ichib, mast holatda restoran xodimlarini so‘kib, ularni “kelgindilar” deb atab, ularga ma’naviy zarar yetkazgan va 300 ming so‘mlik qandildan ishlangan idishlarni sindirgan. Marupovga Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan ayb e’lon qilingan.
Bu holda jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogar sifatida kimni tan olish kerak? Fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish tartibi qanday?
2-kazus
Yo‘l-transport hodisasi natijasida 3-sonli taksopark haydovchisi Qilichev «Tiko» rusumli xizmat avtomashinasida reys avtobusi bilan to‘qnashgan. Hodisa natijasida bir necha odam halok bo‘lgan va bu fakt bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Avtobus parki Qilichevga nisbatan fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atadi va avtobusni ta’mirlashni talab qiladi. Taksopark o‘z hisobidan avtobusni tiklaydi va keyinchalik regress tartibida o‘z xodimi Qilichevga da’voni qo‘zg‘atadi. Lekin pachoqlangan «Tiko» avtomashinasi qayta ta’mirga yaroqsiz, uning haydovchisi esa 2-guruh nogironi bo‘lib qolgan edi.
Avtobus parki tomonidan taksi haydovchisi Qilichevga nisbatan da’vo to‘g‘ri qo‘zg‘atilganmi? Regress tartibida beriladigan da’voning tushunchasini bering.
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
1. Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atishning asoslari va shartlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
2. Dastlabki tergov bosqichida fuqaroviy da’voni isbotlash. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
3. Mulkni xatlashning asoslari, tartibi va xususiyatlari. Ish shakli – nazorat ishi (esse).
Dostları ilə paylaş: |