Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


AYBLOVNI O‘ZGARTIRISH, TO‘LDIRISH



Yüklə 1 Mb.
səhifə210/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

AYBLOVNI O‘ZGARTIRISH, TO‘LDIRISH – tergov o‘tkazish chog‘ida dastlabki ayblovni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadigan yangi dalillar to‘plangan bo‘lsa yoki dastlabki ayblovning noaniqligi yoxud yuridik tavsifi noto‘g‘riligi ma’lum bo‘lib qolsa, dastlabki ayblov o‘zgartirilishi, qisman tugatilishi yoki to‘ldirilishi lozim.

AYBSIZ HOLDA ZARAR YETKAZISH – shaxsni o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamaganligi, anglashi mumkin va lozim ham bo‘lmaganligi yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetmaganligi va ishning holatlariga ko‘ra ko‘zi yetishi mumkin va lozim ham bo‘lmaganligi.

AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI – 1) aybdorning huquqbuzarlikni qonuniy tartibda isbot qilinmaguncha uni aybsiz deb faraz qilish; 2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanishi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Ayblanuvchining aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi. Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas; 3) odil sudlovning nazariya va amaliyotida, jinoyatchilikka qarshi kurashda to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi asosiy, muhim prinsiplardan biridir. Unga binoan, har bir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxs aybi qonunda belgilangan tartibda va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan isbotlanmagunga qadar aybsiz hisoblanadi.

ALIBI (lot. alibi – boshqa joyda) – ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchini jinoyat sodir etilish vaqtida jinoyat joyida bo‘lmaganligini va u bu vaqtda boshqa joyda bo‘lganligini tasdiqlovchi fakt.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin