Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə215/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

DA’VODAN VOZ KECHISHfuqaro yoki yuridik shaxs o‘zi taqdim etgan fuqaroviy da’vodan voz kechish huquqiga ega. Agar da’vodan voz kechish haqida yozma tarzda bildirilgan bo‘lsa, ariza ishga tikiladi. Da’vodan voz kechish to‘g‘risidagi ariza jinoyat ishining istalgan paytida tergovchi tomonidan qabul qilinadi. Da’vodan voz kechish to‘g‘risidagi ariza sud majlisining istalgan paytida, lekin sud hukm chiqarish uchun maslahat xonasiga chiqib ketgunga qadar, sud tomonidan qaror chiqargan holda qabul qilinishi mumkin. Da’vodan voz kechish qabul qilingandan so‘ng da’vo bo‘yicha ish to‘xtatiladi.

DAVLAT AYBLOVI – jinoyat protsessida ayb e’lon qilish, ya’ni jinoyat qonuni bilan taqiqlangan qilmishni aniq bir shaxs tomonidan sodir qilinganlik isbotlanganligini jinoiy ta’qib organining rasmiy tasdiqlashi.

DAVLAT AYBLOVCHISI – davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlovchi mansabdor shaxs.

DALIL – taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligini sud va boshqa organlarning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar bo‘yicha dalil hisoblanadi.

DALILIY ASHYOLAR, HUJJATARNI TALAB QILIB OLISH – bu daliliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotni uning manbaidan isbot qilish subyektiga talab qilib olish hisoblanadi.

DALILLAR TAQDIM QILISH – har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart. Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan bo‘lsalar ham, ularni muhokamaga qo‘yadi. Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qo‘shimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug‘dirsa, sud ularning iltimosnomasiga ko‘ra dalillar to‘plashda ularga yordam ko‘rsatadi.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin