DASTLABKI TERGOVNING UMUMIY SHARTLARI – dastlabki tergov organlari va prokurorlar tomonidan dastlabki tergovni amalga oshirish jarayonida protsessining barcha ishtirokchilariga taalluqli, rioya etishi shart bo‘lgan protsessual-huquqiy ta’riflanuvchi, davlatning majburlov kuchi bilan ta’minlangan imperativ xususiyatga ega normativ-huquqiy talablar tizimidir.
DASTLABKI TERGOVNI QAYTA TIKLASH – to‘xtatilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni to‘xtatish uchun asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganda va qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish zaruriyati tug‘ilganda qayta tiklanadi.
|
DASTLABKI TERGOVNI TO‘XTATISH – jinoyat-protsessual qonunchilikka binoan tergovchi, prokurorning qarori bilan to‘xtatilgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergovchi, prokurorning protsessual faoliyati, jinoyat sodir etgan shaxs aniqlangunga qadar va yashiringan ayblanuvchi qidirib topilgungacha yoki qonunda belgilangan boshqa holatlar bartaraf etilgunga qadar jinoyat ishini yuritishni amalga oshirib bo‘lmasligi tushuniladi.
|
DASTLABKI TERGOVNI TO‘XTATISHNING SHARTLARI – tergovchi tomonidan ish yuritishga to‘sqinlik qiladigan asoslarning vujudga kelishi orqali jinoyat ishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi bilan bir paytda mavjud bo‘lishi talab etiladigan holatlardir.
|
DASTLABKI TERGOV MUDDATI – jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan kundan boshlab uch oy.
|
DASTLABKI TERGOVNING MUDDATINI UZAYTIRISH – qonunda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganida va tartibda tegishli vakolatga ega bo‘lgan prokurorning dastlabki tergovni amalga oshirish muddatini uzaytirishi.
|