Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Yüklə 1 Mb.
səhifə220/262
tarix26.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#125848
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   262
04.11.17.ЖПХ дарслик

EKSPERTIZA PREDMETI – bu maxsus bilimlar asosida aniqlanadigan faktik ma’lumotlar (faktlar, jinoyat holati) bo‘lib, Jinoyat-protsessual kodeksi 172-moddasi asosida shunday xulosaga kelish mumkin.

EKSPERTIZA TADQIQOTI USULLARI – bu muayyan ketma-ketlikda tanlab qo‘llaniladigan ekspertiza maqsadiga erishish yo‘lidagi tegishli yo‘l-yo‘riqlar tizimi hisoblanadi. Demak, ekspertiza usuli deganda, ilmiy asoslangan usullar tizimini va texnik vositalarni (apparatura, moslama, qurilmalar) tushunish lozim. Ekspertiza usuli – ilmiy asoslangan va maxsus obyektlarni o‘rganishga va sud ekspertizasi predmeti borasida yuzaga keladigan savollarni hal qilishga qaratilgan usul bo‘lib, har bir ekspertiza turi usuli o‘ziga xosdir hamda o‘rganilayotgan obyektlar tabiati va sud, tergovchi oldiga qo‘yilgan savollar doirasi bilan aniqlanadi.

EKSPERTIZA TAYINLASH TO‘G‘RISIDAGI QAROR (AJRIM) – ekspertiza tayinlash to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Unda: ekspertiza tayinlash uchun asos bo‘lgan sabablar; ekspertizaga yuborilayotgan ashyoviy dalillar va boshqa obyektlar, ularning qachon, qayerda va qaysi holatda topilganligi va olinganligi; ish materiallari bo‘yicha ekspertiza o‘tkazishda esa ekspert xulosasi asoslanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertiza muassasasining nomi yoki ekspertiza o‘tkazish topshirilgan shaxsning familiyasi ko‘rsatilishi lozim.

EKSPERTIZA TAYINLASH UCHUN ASOSLAR – Jinoyat-protsessual kodeksining 172-moddasiga muvofiq, ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan, texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish orqali olish mumkin bo‘lgan holatlar.

EKSPERTIZA TEKSHIRUVI OBYEKTLARI ashyoviy dalillar, ekspert tekshiruvi uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, shuningdek ekspertiza o‘tkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari bo‘lishi mumkin.




Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   262




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin